9-sinf Ogahiy lirikasidan

9-sinf Ogahiy lirikasidan

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Ogahiy lirikasidan - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 7-mavzu OGAHIY LIRIKASIDAN Baland aylab quyoshga poya navro'z, Ko'tardi yer yuzidin soya navro'z. Kelib fayz-u nishot-u aysh birla, Muhayyo qildi elga voya navro'z. Tarab tiflin tug'urdi dahr zoli, Ango bo'ldi magarkim doya navro'z. Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat Mus'hafig'a oya navro'z. Kiyib ahli g'ino yuz rang xil'at, To'lo boshdin ayoq peroya navro'z. Hama o'ynab olib qo'lg'a yumo'rta, Mening ilgimda yoqtur xoya navro'z. Diramdur moyai ishrat ulusg'a, Vale men bo'lmisham bemoya navro'z. Janobi shahg'a keldim bu jihatdin, Ko'zim yoshig'a toya-toya navro'z. Ki shoyad o'zgalardek Ogahiyni Tarabnok aylagay beg'oya navro'z. G'AZALLAR Mana, shoirning Navro'z radifli g'azali matni bilan tanishdik. Bu she'r tabiat lirikasining go'zal namunasi sanaladi. Unda tashxis san'atidan foydalangan holda shoir bu bahoriy ayyomni madh etadi. Oldingi mavzularni o'rganish, lirik asarlarni tahlil qilish asnosida tashxis haqida yetarli tushunchaga ega bo'ldingiz. Dastlabki ikki baytda navro'z ayyomi jonlantirilib, u quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltirdi va bu bilan yer yuzidan soyani ko'tardi, deb tasvirlanadi. U yurtga uch narsa: fayz, shodlik (nishot) va aysh bilan kirib keldi-da, bu uch xushbaxtlikni muhayyo qilib, ulardan elni bahramand qildi. Mazkur baytlarda navro'z o'zidagi bor yaxshi narsalarni boshqalarga chin ko'ngildan ulashayotgan va bundan o'zi ham g'oyat zavqlanayotgan tanti va saxiy kishiga qiyoslangan. Keyingi baytdagi tashxis ham yanada o'ziga xosdir: Tarab tiflin tug'urdi dahr zoli, Ango bo'ldi magarkim doya navro'z. Tushunilishi qiyin bo'lgan so'zlar ma'nosi aniqlab olinadi: ta rab - shodlik; tifl - bola, go'dak; tug'urdi - tug'di, dunyoga keltirdi; dahr -dunyo; zol - kampir. Demak, ushbu misralardan quyidagicha ma'noni o'qish mumkin: Dahr (dunyo) kampiri shodlik chaqalog'ini tug'arkan (dunyoga keltirar ekan), navro'z unga doyalik qildi. Tashxis uchun tabiatdagi o'zgarishlar asos qilib olingan: dunyo otliq kampirning tug'ishi va unga navro'zning doyaligi. Shuningdek, tashbih bu san'at bilan baqamti (bir-biriga yaqin) qo'llangan. Shodlik - chaqaloq, chunki u boshlanayotgan bahor tufayli kishilar ko'nglida tug'ilib kelayotibdi. Dunyo - kampir, chunki u yaratilish jihatdan eng qadimiy. Navbatdagi baytda ko'klam go'zalligi islomiy tushunchalar vositasida ochiladi: Qilibdur mahliqolarning yuzini Latofat Mus'hafig'a oya navro'z. Mus'haf - Qur'onning boshqa nomidir. Ikkinchi satrdagi oya esa oyat (Qur'on oyati) ning talaffuzdagi shaklidir. Shoir navro'ziy latofatni Mus'hafga teng lashtiradi. Bu - tashbih, lekin uni mubolag'a deb qabul qilish to'g'ri bo'lmaydi. Chunki Qur'on ham, tabiat go'zal igi, jumladan, bahor latofati ham Yaratganning ijodidir. Ularning har ikkisi birday go'zal va muqaddas. Bir xil qimmatdagi voqelikni qiyoslashda bo'rttirish bo'lmaydi. Shunday qilib, navro'z latofati Mus'haf bo'lsa, mahliqolar ning yuzi undagi oyatlardir. Tasavvufga ko'ra inson go'zalligi ilohiy husnning jilvasi yoki soyasi ekan, mahliqolarni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 181 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga