9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 15-mavzu MUSO TOSHMUHAMMAD O'G'LI OYBEK NAVOIY (romandan parcha) Mirzo Yodgor erka o'sgan, ziynatli hayotning lazzatiga, may, musiqiy olamining yoqimli, orombahsh hislariga berilgan yigitcha edi. Uning ixtiyori beklari, jahongashta tarbiyachilari qo'lida bo'lganidan ular mirzoning nozik, xayolchan ko'nglini qonli mojaro, tantana va hokimiyat havaslari bilan yoqishga tirishadilar. Davlat ishlarida tadbirli ayol va umuman, bilimdon, oqila hisoblangan ammasi Poyanda Sultonbegim ham uni Xuroson taxti uchun kurashga undaydi. Buning ustiga, u turkman sultoni Hasanbekdan katta ko'mak oladi. G'ururlangan shahzoda Jurjon hokimi amir Zohid Tarxiyning ustiga yurish qilib, uni qulaygina yengadi. Jurjonni qo'lga olib, poytaxt Hirotni bosish, toj kiyish umidi bilan urinadi Mirzo Yodgor isyoni to'g'risida Hirotda xabar olinishi bilan Navoiy Husayn Boyqaroni ildam otlanishga undagan edi. Xurosonda Husayn Boyqaro hokimiyatining barqaror bo'lishini orzu qilishi u bilan go'daklik zamonlarda boshlangan do'stlik xotirasi uchungina emasdi. Navoiy Husayn Boyqaroda shoirlik, ilmparvarlik sifatlarini ko'rdi. So'ngra Husayn Boyqaro harbiy san'atni durust bilar edi. Jang maydonlarida bir necha dapqir ro'y-rost urushib, bahodirlik ko'rsatgan edi. Yurtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko'rmoq orzusida bo'lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko'p narsa umid qilar edi. Shoir chodirda tinch yashagandek ko'rinsa ham, haqiqatda shovqin-suronsiz, katta g'ayrat bilan qo'shinni mahkamlashga harakat qilardi. Tongga yaqin Sulton Husayn atrofi maxsus posbonlar bilan qo'riqlangan hashamatli shohi chodirdan chiqdi. Uzoqda, ko'kimtir tuman ichida mudragan tog'lar ustida siyrak yulduzlar xira ko'zlarini horg'in qisadi, dalaning salqin shamoli tinib, chodirning ipagini yengil mavjlantiradi. Podshoh ishbilarmon beklari bilan rusumoti jang1 haqida so'zlashdi. Rusumoti jangni yaxshi biluvchi beklar o'z mulohazalarini bildira boshladilar: Mirzo Yodgorga qilinajak hujumni qay yo'sinda olib ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
666 marta
Ko'chirishlar soni
118 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
666 marta
Ko'chirishlar soni
118 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: pptx