Oybek lirikasi 9 sinf adabiyot darsligi asosida Reja: Oybek (1905 - 1968) Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek 1905- yilning 10-yanvarida Toshkentning Gavkush mahallasida, hunarmand to'quvchi oilasida tug'ildi. Hayot va ijod yo'li. Ota-onasi uni juda yoshligida eski maktabga o'qishga berishgan. Oybekda ko'rkam so'zga bo'lgan muhabbat adabiyotga mehri baland onasi Shahodatbonu tufayli paydo bo'ldi. Muso o'n to'rt yoshga to'lganda Namuna nomli boshlang'ich sho'ro maktabida o'qishni davom ettiradi. U o'n olti yoshga yetganda, Navoiy nomidagi ta'lim-tarbiya texnikumiga o'qishga kirdi. Texnikumdagi o'qish uning mumtoz adabiyotga muhabbatini yanada teranlashtirishdan tashqari, qiziquvchan o'spirinni rus adabiyoti bilan yaqinlashtirdi. Oybek o'z xotiralarida: Xayol daryosi keng edi menda. O'qtin o'qtin o'zimcha mashq qilib, bitta-yarimta she'r yozib ham qo'yardim. Xotiramda bor, ilk she'rim texnikumning Tong yulduzi nomli devoriy gazetasida chiqdi. Keyin shu gazetaga o'zim mas'ul muharrir bo'ldim. Sekin-sekin Respublika gazetalarida she'rlarim bosila boshladi. Shu tariqa Oybek adabiyot olamiga kirib keladi. 1968- yilning 1- iyo'lida, olimish uch Yoshida Oybek vafot etdi. Men hayotimning birdan-bir ma'nosi bo'lgan ulug' insondan judo bo'ldim. Men hozir Oybekning o'lim oldi kunlarini yozishga qanchalik shaylanmay, qo'lim qaltirab, nafasim tiqilib qolmoqda. Qulog'imda hali ham: Men o'lyapman, Zarifa, rozi bo'l!- degan so 'zlari jaranglab turibdi. Mashhur ximik olima, Oybekning umr yo'ldoshi professor Zarifa Saidnosirova shunday yozadi: Siz Oybekning sof lirik she'rlaridan ayrim namunalar va mashhur Qutlug' qon romanidan olingan parcha bilan tanishasiz. LIRIKA NA'MATAK Poyida yig'laydi kumush qor yum-yum. Nafis chayqaladi bir tup na'matak Shamol injularni separ chashmadak, Boshida bir savat oq yulduz - chechak! Nozik salomlari naqadar ma'sum! Nafis chayqaladi bir tup na'matak Yuksakda, shamolning belanchagida. Quyoshga ko'tarib bir savat oq gul, Viqor-la o'shshaygan qoya labida Nafis chayqaladi bir tup na'matak Mayin raqsiga hech qoniqmas ko'ngil, Vahshiy toshlarga ham u berar fusun. So'nmaydi yuzida yorqin tabassum, Yanoqlarni tutib oltin bo'sa-chun Quyoshga tutadi bir savat oq gul! Axtarib topganimda o'n ikki buloq, Qalbimda o'n ikki she'r birdan jo'sh urdi. Hammasi shivirlaydi sizdek sha'n, inoq, Ko'ksimga naq o'n ikki bahor yugurdi. Porloq va sha'n o'n ikki ko'zning ishqida Ko'zlarim xiyla zamon adashib qoldi Sevinch qaynar, jildirar sof kumushida, O'n ikki qiz izidan xayol yo'l oldi Nurlardan halqachalar oqar, jimirlar Toshlarda sinar mayin tabassumlari. Oltin ipga chizilar jonli injular Bo'sadan ham shirindir ich, yutumlari O'n ikki piyolaning yaltiroq mavji To'qingan lablarimda qolar bir umr. Ko'zlari seni o'pgan biron yo'lovchi Balki bir chog' sevgimni hikoya qilur! TOG' SAYRI Ijtimoiy she'riyatda shoirning fikri va hissiyoti hayot hodisalari, odamlararo munosabatlar tufayli junbushga kelgan bo'ladi va muallif ularni o'z yuragidan o'tkazgan holda ifoda etadi. Jamiyatdagi adolatsizlik, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
233 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:31 ]
Arxiv ichida: pptx