9-sinf Adabiyot fanidan Sharof Boshbekov hayoti va ijodi dars taqdimoti

9-sinf Adabiyot fanidan Sharof Boshbekov hayoti va ijodi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot fanidan Sharof Boshbekov hayoti va ijodi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

SHAROF BOSHBEKOV (1951- YILDA TUG'ILGAN) 9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 24-mavzu Sharof Boshbekov adabiyotga XX asrning 70- yillarida kirib keldi. U badiiy adabiyotning eng murakkab turi bo'lgan dramaturgiyada ijod qiladi. Shu paytgacha adibning Taqdir eshigi, Tikansiz tipratikanlar, Eski shahar gavroshlari, Eshik qoqqan kim bo'ldi?, Temir xotin, Tushov uzgan tulporlar, Charog'bonlar, Tentak farishtalar kabi sahna asarlari chop etilgan. Yozuvchi o'z ssenariysi bo'yicha suratga olingan Masxaraboz filmiga rejissorlik qilgan. Shuningdek, adib Charxpalak teleseriali, Ma'rif va Sharif, Tilla bola, Yuzsiz, Doka ro'mol qurishi, O'yin singari filmlarga ssenariy yozgan. Dramaturgning Mehr va mauzer, So'qmoq, Falakning gardishi, Vafodor, Musofir bo'lmaguncha yanglig' kinoqissalari mashhur. Dramaturgning Tushov uzgan tulporlar asari Respublikalararo ko'rik-tanlov sovrindori bo'lgan Temir xotin komediyasi hozirgi kungacha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'lib kelmoqda. Sharof Boshbekov ssenariysi va rejissorligida qo'yilgan Charxpalak teleseriali teletomoshabinlar tomonidan qizg'in kutib olingan. O'ZIM HAQIMDA Bizning oilamizda hech kim san'at yoki adabiyot bilan shug'ullanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo'lishgan. Men o'qigan qishloq maktabida qiziq bir qoida bor edi: chet tili o'qituvchisi yo'q bo'lsa, o'rniga ashula darsi o'tilardi, fizika muallimi kelmay qolsa ham, ko'pincha shu tarzda o'qitilardi. Bilmadim, yo o'qituvchilar yetishmasmidi, yo ashula muallimimiz shunaqa zo'rmidi Endi eslasam, ashula darsini Yallama yorimdan boshqasini bilmaydigan bir amaki o'tar ekan. Xullas, o'n yil ashula aytdik. Endi bu ovoz bilan qayerga borish kerak? Artistlikka-da! Shunday qilib, Toshkent Teatr va rassomlik san'ati oliygohining talabasi bo'lib qoldim. San'at olamiga kirib kelishimning tag'in bir yashirin, o'zimdan boshqa hech kim bilmaydigan sababi bor. Doim ichimda gaplarim ko'p-u, lekin uni eshitadigan odamlarning kamligi meni qiynab kelardi. O'y-xayolimda faqat bir narsa charx urardi - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 25.64 MB
Ko'rishlar soni 427 marta
Ko'chirishlar soni 132 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 25.64 MB
Ko'rishlar soni 427 marta
Ko'chirishlar soni 132 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga