9-sinf Adabiyot fanidan Sharof Boshbekov Temir xotin komediyasi dars taqdimoti

9-sinf Adabiyot fanidan Sharof Boshbekov Temir xotin komediyasi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot fanidan Sharof Boshbekov Temir xotin komediyasi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

SHAROF BOSHBEKOV 9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 25-mavzu TEMIR XOTIN (JIDDIY KOMEDIYA) Ishtirok etuvchilar: qo'chqor - traktorchi Alomat - robot Olimjon - olim qumri - Qo'chqorning xotini Sharofat - qo'shni ayol Turobjon - Qo'chqorning o'g'li BIRINCHI SAHNA Qishloqdagi oddiy, kamtarona hovli. To'g'rida bir necha ustunli peshayvon, o'ngda pastakkina ko'cha eshik, oldinroqda yog'och kara vot. Sahnadagi har jihoz, har bir buyumda nimadir yetishmaydi: eshik- deraza romlarining yarmi bo'yalgan, qolganining rangi o'chib ketgan, yog'och karavotning bitta oyog'i yo'q, ko'rpa-yostiqlarga yamoq tushgan, piyolalarning labi uchgan yoki chegalangan, choynakning jo'mragiga tunuka kiygizilgan va hokazo. Peshayvon ustuniga Qo'chqor arqon bilan chan-dib tashlangan, usti-boshi, aft-angori bir ahvolda. Shu ko'yi uxlab qolgan bo'lsa kerak, avval sekin qimirlab qo'yadi, so'ng ko'zini ochmay esnaydi. Oyoq-qo'lining o'ziga bo'ysunmayotganiga hayron bo'lib, bir-ikki chiranib ko'radi. - (Uy tomonga) Ho'-o', tirikmisan? (Yana chira nib ko'radi.) Yechib qo'y darrov, ho'! Qumri, deyapman! Jahlim chiqsa, nima bo'lishini bilasan-a? (O'zicha) Iye, bir balo bo'lganmi bunga? (Baqirib) Oxirgi marta aytayapman: agar hozir yugurib kelib, qo'limni bo'shatmasang Ichkaridan Qumri chiqadi. U o'ttiz-o'ttiz bech yoshlarda, lekin yoshiga nisbatan ancha katta ko'rinadi. QO'CHQOR: qumri: - (Arazli.) Nima qilasiz? qo'chqor: - Qo'yvoraman! qumri: - (Xo'rligi kelib.) Nima? qo'chqor: - Pattangni qo'lingga tutqazaman! qumri: - (Eriga birpas ta'na aralash qarab turadi-da, dordagi kiyim-kechaklarni yig'ishtira boshlaydi.) Hozir eridan patta so'rab o'ti- radigan zamon emas. qo'chqor: - Iye, bepatta ketaveraman, de hali? Hech bo'lmasa bitta qo'limni bo'shatib qo'y, nomard! qumri: - Bitta qo'lingizni bo'shatganim bilan foydasi yo'q. qo'chqor: - Nega foydasi bo'lmas ekan? Qashinib olaman qumri: - Qayeringiz qichishyapti? Ayting, o'zim qashib qo'yaman. qo'chqor: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 647.98 KB
Ko'rishlar soni 964 marta
Ko'chirishlar soni 311 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:27 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 647.98 KB
Ko'rishlar soni 964 marta
Ko'chirishlar soni 311 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga