9-sinf Adabiyot fanidan Uilyam Shekspir hayoti va ijodi dars taqdimot

9-sinf Adabiyot fanidan Uilyam Shekspir hayoti va ijodi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Adabiyot fanidan Uilyam Shekspir hayoti va ijodi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Uilyam Shekspir Shekspir Uyg'onish davrining eng yirik vakillaridan biridir. U haqida yuzlab kitoblar yozilgan, ko'plab shekspirshunoslar yetishib chiqqan, uning ijodi turli, o'ta ziddiyatli fikr-mulohazalar uyg'otgan. Bizdan 400 yil oldin yashab ijod etgan bu buyuk dramaturg ushbu sohada egallagan cho'qqi hanuz zabt etilgani yo'q. Shekspir hayotiga oid uncha ko'p ma'umotlar saqlanib qolmagan, borlari ham to'liq va aniq emas. Shekspir 1564- yil 23- aprelda Eyvon daryosi sohilidagi Stratford shahrida tug'ilgan. Shekspiming ajdodlari yemenlar - ya'ni, erkin dehqonlar bo'lganlar. Ular orasida jasur jangchilar, nayzadorlar, yoyandozlar bo'lganligi taxmin qilinadi. «Shekspir» so'zi - «nayza o'ynatuvchi» ma'nosini anglatadi. Shekspiming otasi hunarmand-savdogar bo'lgan, u charm va charm qo'lqop bilan savdo qilgan. Ishlari yurishgan davrlarda hatto shahar meri qilib ham tayinlangan. Biroq ishlari orqaga ketib singach, oila haqida qayg'urish, g'amxo'rlik qilish katta o'g'li Uilyam zimmasiga tushadi. Stratfordda Shekspir ta'lim olgan maktab hanuz saqlanib qolgan. Bu maktabda ingliz tili bilan bir qatorda qadimgi lotin va yunon tillari o'qitilgan. Uilyam qobiliyatli o'quvchi bo'lgan, hatto keyinchalik shu maktabda o'qituvchi yordamchisi bo'lib ishlagan. Ayni paytda go'sht do'konida yollanma ishchi (shogird) bo'lib xizmat qilgan. Uka va singillarini boqish uchun qo'shni o'rmonda ovchilik qilgan. Bu esa taqiqlangan edi, chunki barcha o'rmon va parklar qirollik mulki hisoblanardi. Biroq ov asosiy tirikchilik vositasi edi va Shekspir shunday qaltis yo'l tutishga majbur edi. Albatta, botir ovchi, sevimli xalq qahramoni Robin Gud haqidagi afsonalar ruhida ulg'aygan yosh Shekspir uchun bu romantika bo'lib tuyulgan bo'lishi ham mumkin. Shekspir 18 yoshida to'satdan 26 yoshli fermer qizi Anna Xetueyga uylanadi va 20 yoshida kattagina oilaning boshlig'iga aylanadi - qizi Syuzen, egizaklar Yudef va Gamletga ota bo'ladi. Endi u ikki oilani o'zining va otasining oilasini boqishi lozim edi. Uning noqonuniy ovchiligiga barham beradilar, o'rmon qorovullari Uilyamni o'ldirilgan bug'u bilan tutib oladilar va sudya ser Tomas Lyusi oldiga olib boradilar. Shekspir Lyusi haqida epigrammalar to'qigan va ular xalq orasida mashhur edi. Brakonyerlarga beriladigan jazo og'ir edi - qamchi bilan savalash, badaniga qizdirilgan temirni bosish, hatto qatl qilishgacha borilar edi. Shekspir Stratforddan qochadi va Londonda panoh lopadi. Oradan besh yil o'tgach, uning yurtdoshi, hunarmand Berbej tomonidan qurilgan London teatrida aktyor va dramaturg sifatida paydo bo'ladi. Shekspir teatrdagi ishni badavlat tomoshabinlarning ollariga qo'riqchilik qilishdan boshlaydi. Keyinchalik aktyorlik qiladi. So'ngra unga eski pyesalarni qayta ishlash vazilasini topshiradilar. Tajriba to'plagach, mustaqil ijod bilan shug'ullana boshlaydi. 90- yillar Shekspir hayotining moddiy va ma'naviy jihatdan gullab- yashnagan davri hisoblanadi. Oilasi hali ham Stratfordda yashar, u tez-lez kelib ularning holidan xabar olib turar edi. Shekspir shahardagi eng yaxshi uy va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 24.3 MB
Ko'rishlar soni 506 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:44 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 24.3 MB
Ko'rishlar soni 506 marta
Ko'chirishlar soni 60 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga