9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 5-mavzu Xoja (1480-1547) Xojaning to'liq ismi Poshshoxoja ibn Abdulvahhobxoja bo'lib, millatimiz tarixida davlat va din arbobi, lirik va epik janrlarda birdek barakali ijod qilgan betakror adib sifatida alohida o'rin tutadi. Toshkentlik mashhur avliyo Zangi Ota avlodlaridan. 1480- yilda Ashxobod yaqinidagi qadim Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida tug'ilgan. Dastlab otasidan, so'ng e'tiborli murabbiylardan tahsil olgan Poshshoxoja yigitlik bo'sag'asidayoq davlat xizmatiga kirishadi, ya'ni 16 yoshida temuriylar saroyida ishlay boshlaydi. Keyinchalik shayboniylar hukmronligi davrida Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimivazifalari da ishlaydi. 1529- yilning kuzidan Navoiyning kindik qonito'kilgan Hirotning, 1534- yildan esa Balx shahrining shayxulislomi vazifasiga tayin etiladi. Umrining so'nggi yillarida davlat ishlaridan iste'fo bergan adib Buxoroga qaytadi va butun borlig'ini badiiy ijodga, xalqning ma'naviy tarbiyasiga bag'ishlaydi. Xoja 1547- yilda Buxoroda vafot etadi va Bahouddin NAQSHband qabri yonida dafn qilinadi. Xoja XII asrda Buxoroda Abduxoliq G'ijduvoniy asos solgan mashhur xojagon silsilasining ko'zga ko'ringan vakillaridan edi. Bu silsila dunyoga Bahouddin NAQSHband, Xoja Ahror Valiy, Abdurahmon Jomiy kabi ko'plab dovruqli murshidlarni yetkazib bergan. Xojaning o'g'li Hasanxoja Nisoriy Muzakkiri ahbob asarida otasining qilgan ishlari, hayot tarzi, axloq-sajiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Darhaqiqat, Xojaning mavqeyi zamonasida baland bo'lgan. Bu birgina uning nasl-nasabi sababidan emas, ilmi, fe'li, adolati tufayli ham edi. XVI asrning mashhur shaxslaridan Maxdumi a'zam nomi bilan shuhrat qozongan Xojagi Kosoniy Xoja haqida fikr yuritib, shahbozi balandparvoz (baland uchuvchi lochin) deb baholagan ediki, bu bejiz emas. Muzakkiri ahbob muallifi Xojaning fazilatlari haqida so'z yuritib, she'r ilmini, insho (yozishma san'ati)ni mukammal bilganini xabar qiladi. Jumladan, podsholikning chet ellarga jo'na-tiladigan xatlarini ham ko'pincha shu kishi yozgan ekan. Adabiy merosi. Nisoriy uning turkcha va forscha devon tartib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan emas. Taqdiri noma'lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar, haqiqatan ham, Xojaning iste'dodli shoirlardan bo'lganini ko'rsatadi. Xususan, bir g'azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she'r unga ma'qul bo'lib, maqtaganini qayd etib o'tadi. Mana o'sha she'r: Kunduz avqotim sening hajringda nolon kechadur, Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur. Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari, Yil-u oy-u soat-u kun bori yakson kechadur. Ulki, jondin kechadur, sham'i visolingni ko'rub. Vah, na xush vaqt-u na xush soat na oson kechadur. Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi, Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur. Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar Kim, mahali nola-vu faryod-u afg'on kechadur. Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
294.27 KB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:47
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
294.27 KB
Ko'rishlar soni
243 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:47 ]
Arxiv ichida: ppt