9-sinf Adabiyot fani darsligi asosida 10-mavzu G'AZALLAR Fasli navbahor o'ldi ketibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdur, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam, bo'ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam, yog'di abri naysonlar. Nastaran yuvib yuzni, yosuman tuzib o'zni, Nargis ochibon ko'zni intizori yoronlar. Bir sahar edim uyg'oq: o't tutoshti olamg'a, Tog'lar chekib larza, titradi biyobonlar. Qumrilar qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv-u gul uza doim tortar oh-u afg'onlar. Bulbul o'qug'och yig'lab subhidam xazon faslin, G'uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Kechtilar vafo ahli qolmayin tutib savsan, Kiydi ko'k qilib sunbul zulfini parishonlar. Kuymasun bu savdoda ne uchun dimog'imkim, Ranj-u g'ussada dono, kechsa shod nodonlar. Furqatning Fasli navbahor o'ldi, ketibon zimistonlar g'azali - tabiat lirikasining namunasi. Unda ko'klam kelishi bilan tabiatda ro'y berayotgan go'zal o'zgarishlarni g'oyat sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari aks etgan. Birinchi baytda shoir bahor kelib, zimistonlar ketgan ekan, do'stlarini g'animat bu damlarda gulistonlarda sayr etishga chaqiradi. Mumtoz adabiyotda uzoq intiq kutib, orzuga yetgan damlardan oldingi intizorlik davrini qorong'ulik sifatida tasvirlash o'ziga xos an'ana. Masalan, Navoiy Farhodning tug'ilishini Shabistonida tug'di bir yangi oy deb tasvirlaydi. Misrada shabiston so'zi xoqonning o'g'il ko'rguncha bo'lgan davrdagi farzandsizlik hasratida o'tkazgan yillarni ifodalaydi. Ogahiy bahor kelgunga qadar hukm surgan azobli qish kunlarini soyaga mengzaydi: Ko'tardi yer yuzidin soya navro'z. Shuning uchun ham shoir o'tkinchi umrni go'zallik qo'ynida ezgulik bilan kechirishni istaydi. Chunki bahorgina emas, umr ham o'tkinchi - g'ani mat. Matladan so'ng shoir o'zini muvozanatdan chiqargan, hayajonga solgan ko'klam manzarasini chizishga tutinadi. Ko'z ol dingizda dilbar bahor tongining latif manzarasi namoyon bo'ladi: subhiy shabnamlardan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
813.79 KB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
813.79 KB
Ko'rishlar soni
406 marta
Ko'chirishlar soni
38 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: pptx