10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov she'rlari dars taqdimoti

10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov she'rlari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov she'rlari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

A.Oripov she'rlari A.Oripovning sho'ro davri she'riyatida zamonasozlik ruhida, davr va mafkura tazyiqi bilan yozilgan jamiyat ideallari, firqa g'oyalari, tuzum qahramonlari, yo'lboshchilari ulug'langan she'rlar yo'q emas. Ammo uning ijodini bunday anarlar belgilamaydi. Ayrim zamonabop namunalani hisobga olmaganda shoir ijodi zamonlar sinovidan o'tuvchi, umumbashariy qadriyatlar talabiga javob beruvchi asarlardan tashkil topgan. Bu asarlar, ayniqsa, chuqur milliy ruhi bilan ajralib turadi. A.Oripov she'riyati o'zbek milliy badiiy tafakkuri va ruhiyati taraqqiyotida muhim o'rin tutadi. Shoir ayni vaqtda, alohida qahramon tirnsolida ruhiyatning insoniyatga aloqador turfa jihatlarini, nuqtalarini ochishga usta. ,,Qo'riqxona she'ridagi lirik qahramon ichki olamining boyligi, tafakkurining chuqur va o'tkirligi bilan ajralib turadi, U dolzarb, sermiqyos muammoliirni mustaqil tahlil eta bilishi jihatidan, umuman, XX asrning mushohadakor, kuyunchak kishisidir. O'simlig-u hayvonotning kamyobini asrash uchun qo'riqxonalar yaratyapmiz, deydi lirik qahramon. Bu - yaxshi. Biroq ulardan ham kamyobroq bo'lib borayotgan, ulardan ham muhimroq muammolar-chi? Axir, ne-ne halol, pok, toza tuyg'ular ommalashib boryapti, sof qalblar kamayib ketmoqda, Shularni ehtiyot qilib, asrab-avaylab, qo'riqlaylik, axir. Bu fikr-g'oyalar she'rda badiiy go'zal, milliy yo'sinda talqin qilinadi. Ezgulik tojdor turnadek kamyob bolib ketmasin, hayo otashga duch kelgan palapondek kuyib nobud bo'lmasin, imonni odamlar qor odamdek qidirib yurishmasin, bulbul maqomini boyqush da'vo qilgandek, go'zal tuyg'ular o'rnini xudbinlik. dilozorlik egallamasin. Bulaming barchasini avaylab, asramoq zarur. Bunday umumbashariy qadriyatlarni ehtiyot qilishga chorlayotgan lirik qahramonlar o'zbek milliy tafakkuri va ruhiyati takomiliga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki bunday qahramon tabiatida davr va zamonning muhim ma'naviy muammolari o'z ifodasini topadi: To'qayga o't ketsa yongay bus-butun, Adolat borliqqit yolg'iz onadir. Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun, Yovuzlikdan zada qo'riqxonadir. Shoirning lirik qahramonlari sbu tariqa mehrparvar, o'zgalar mehriga kuyunchak, ayni paytda, o'zlari ham mehrga doimo maxtal kishilardir. A.Oripovning bunday she'rlari, qahramonlari doimo milliy o'ziga xosdir. ,,Dunyoda tariq kabi bedanabop gap ham mo'l, ,,Oyoqlangan qo'ziday dovdirar yelda maysa, ,,Jaloliddin samani bo'lib, sakrab o'ting Amudaryodan, ,,Yassaviy hok poyidan aylab oling tummorlar, ,,Ufqda sarobdan otashin baldoq. ,,Salmog'i quvaning anoricha bo'lgan yer shari - shu va shu kabi betakror, o'xshashi yo:q milliy obrazlar va ularni yuzaga keltinivchi milliy tafakkur yo'sini Abdulla Oripov she'riaridagi shiddatli ohang qanotlarida o'z muallifini yuksaklarga ko'taradi. Yuqoridagi she'rlar qatoriga Vatanning oqqush qo'shiqlaridek jaranglovchi ,,Men nechun sevaman O'zbekistonni, ,,O'zbekiston kabi she'rlarni; istiqlol davrida yaratilgan ,,Vatan, ,,Xalq, Temur, ,,Adolat oftobi, ,,Erk haqqi singari manzumalarni; ,,Bedorlik (199), Shoir yuragi (2003) kabi yangi to'plamlardagi asarlarni: buyuk italyan shoiri Aligeri Dantening ,,Ilohiy komediyasidek jahon adabiyotining mumtoz namunasi tarjimasini qo'ysak, A. Oripov ijodining naqadar sermiqyos ekani yanada oydin bo'ladi. ,,Jannatga yo'l dramatik dostoni ana shu asarlar ichida salmoqli ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 8.68 MB
Ko'rishlar soni 377 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 8.68 MB
Ko'rishlar soni 377 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga