10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov hayoti va ijodi dars taqdimot

10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov hayoti va ijodi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Oripov hayoti va ijodi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Abdulla Oripov. Bolalik, o'spirinlik chog'larida dunyo, tevarak atrof, tabiat kishi ko'ziga yanayam sirli-sinoatli tuyuladi, yam-yashil maysalaru lolazor qirlar zavqingni toshiradi, uzoqdagi viqorli tog'lar tinmay o'ziga chorlaydi, oydin yoz osmonida milt-milt etgan yulduzlar sirli jilmayib, xayolingni olib qochadi. Shunday lahzalarda zavqini qitiqlagan shirin tuyg'ularini ko'ksiga sig'dirolmagan o'n yetti yoshli o'smir hayratu hayajonini she'riy misralarda izhor qilishga jazm etadi, tezroq voyaga yetib yurtga munosib farzand bo'lishni, yulduzlardek porlashni orzu qiladi: Ipak iz qoldirib uchar quvnoqlar. Bir-birin quvlashib, chaqishar chaqin. Osmon go'zallarin kumush yotoqlar Qo'yniga chorlaydi, subhidam yaqin. Deyman: osmonlarning hiloli bo'lsam, Hulkar va Zuhrosi bo'lgim keladi. Shu go'zal o'lkamda kamolga to'lsam, Porloq yulduzlarday kulgim keladi Garchi yosh shoirning keyinroq yozilgan Miltiraydi mitti yulduz deb nomlangan she'rida o'z to'dasidan ajralib qolgan, shamdek titrab, ko'k gumbazining bir chetida tanholikdan yosh to'kayotgan osmon jismi haqida so'z borsa ham oltmishinchi yillar o'rtalaridan boshlab she'r olamida chaqnagan mitti yulduz to'g'risida gapira boshladilar. Yillar o'tdi, u o'zbek she'riyatini yangi bosqichga olib chiqqan yorqin yulduzga aylandi, shu'lasi yiroq-yiroqlarga taralib, butun turkiy adabiyotning, Sharqning yirik siymolari qatoridan joy oldi, she'rlari ko'plab G'arb tillariga tarjima qilindi. Nafosat olamida Abdulla Oripov she'riyati degan tushuncha mustahkam qaror topdi. Insoniyat badiiy tafakkuri mo''jizalaridan biri bo'lgan she'riyat insonning olam va borliqqa hissiy-emotsional munosabati hosilasidir. Insoniyatning quvvai hofizasi zo'r shoirlari yaratgan she'riy durdonalar barcha xalqlarning, barcha avlodlarning ma'naviy mulki bo'lib qoladi. Vaqt o'tadi, davrlar yangilanadi, adabiyotga yangi avlodlar kirib keladi va bu ma'naviy boylikka o'z hissasini qo'shishga chog'lanadilar. Abdulla Oripov adabiyotda biryoqlamalik, ritorika, deklarativlik, bayonchilik, baxtli zamonaga hamdu sano o'qish avj olgan, adabiyotning ijtimoiy-estetik qimmati puturdan keta boshlagan bir davrda she'riyat ostonasiga qadam qo'ydi. Har bir shoir singari u ham havaskorlik, izlanish bosqichini bosib o'tdi. Yulduzlar, tog'lar, kapalak haqida yozdi. Ulardan she'r izladi. Biroq u o'qish-o'rganish bosqichini tez bosib o'tdi, she'riyatning missiyasini, inson va jamiyat hayotidagi o'rni va ahamiyatini juda erta angladi. 1962 yilda matbuot yuzini ko'rgan Kuz xayollari, 1964 yilda Sharq yulduzi jurnali sahifalarida e'lon qilingan Men nechun sevaman O'zbekistonni, Miltiraydi mitti yulduz, Burgut kabi she'rlar o'z ovozi va uslubiga ega bo'lgan shoir shakllanayotganligidan darak berdi. Shoirning sobiq ittifoqda stalincha zo'ravonlik sharpalari hali butkul daf bo'lmagan, mustabid tuzum hukmronlik qilishda davom etayotgan, adabiyot esa sots. realizm iskanjasi ostida ezilish holatida bo'lgan bir sharoitda isyonkor ruh bilan sug'orilgan tug'yonli, lirik-falsafiy, teran mushohadali, hayotni o'zicha ko'rgan chinakam milliy va xalqchil she'rlari og'ir sukunatni titratib yuborgan momaqaldiroq yanglig' yangradi. Albomga, Yuzma-yuz, Temir odam, Ayol, Munojotni tinglab, O'zbekistonda kuz, Tilla baliqcha, Dorboz, Otello, Uyqu kabi she'rlardagi o'ziga xos mushohada, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 10.36 MB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:42 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 10.36 MB
Ko'rishlar soni 364 marta
Ko'chirishlar soni 47 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga