10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi dars taqdimoti

10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

ABDULLA QODIRIY (1894-1938) 10-sinf adabiyot darsligi asosida 15-mavzu: Abdulla Qodiriy adabiy siymosi XX asr o'zbek adabiyoti tarix ida o'ziga xos o'rin tutadi. U o'zbek romanchiligining asoschisi sanaladi. Abdulla Qodiriy 1894-yili 10-aprelda Toshkentda bog'bon oilas ida tug'ilgan. Dastlab musulmon maktabida, keyin rustuzem maktabi hamda Abulqosim shayx madrasasida ta'lim olgan; Moskvadagi adabiyot kursida o'qigan. 1917-yilgi oktabr oyidagi davlat to'ntarishidan so'ng Eski shahar oziqa qo'mitasining sarkotibi, «Oziq ishlari» gazetasining muharriri, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan biri sifatida ijtimoiy hayotga faol aralashadi. Uning asarlari vaqtli matbuotda Julqunboy, Juboy, Dumbulboy, Dumbulnisa, Kalvak Mahzum, Toshpo'lat tajang, Ovsar kabi o'nlab maxfiy imzolar bilan bosilib turadi. Abdulla Qodiriy 1914-yili Rahbarnisa Rasulmuhammadboy qiziga uylanadi. Ulardan Nazifa (1916), Habibulla (1918), Adiba (1924), Mas'ud (1926) hamda Anisa (1928) ismli farzandlar dunyoga keladi. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi 1910-yillarning o'rtalariga to'g'ri keladi. Dastlab millatparvarlik, ma'rifatparvarlik ruhi bilan sug'orilgan «To'y», «Ahvolimiz», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she'rlar, «Baxtsiz kuyov» nomli drama hamda «Juvonboz» hikoyasini yozdi. Abdulla Qodiriy ana shunday jadidona kayfiyatdagi asarlarida millatni ichdan yemiradigan xurofotlarni tanqid qiladi; xalqni o'zligini anglashga, yangilikka chaqiradi. Yozuvchining «Baxtsiz kuyov» dramasi (1915) bevosita Behbudiyning «Padarkush» dramasi ta'sirida yozilgan. Dramada muallif hashamatli to'y, ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko'ngilsiz oqibatlar ini ochiq-oydin ko'rsatadi. Uning 1916-yilda yozgan «Uloqda» hikoyasi bilan dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan o'zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi. Abdulla Qodiriy o'z ijodiy taqdirini matbuot bilan bog'ladi. Yuzlab publitsistik maqolalar, «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydir?» kabi hajviy asarlar yozdi. Hayotni kuzatib, voqealarga nisbatan turli yo'sinda hajviy-tanqidiy munosabatlar bildirdi. Shu jarayonda «felyetonlar qiroli» nomini oldi. Abdulla Qodiriyning mashhur «O'tkan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 911.08 KB
Ko'rishlar soni 477 marta
Ko'chirishlar soni 55 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 911.08 KB
Ko'rishlar soni 477 marta
Ko'chirishlar soni 55 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga