10-sinf adabiyot darsligi asosida 16-mavzu: 7.10.16 Otabek Yusufbek Hoji o'g'li 1264 inchi hijriy, dalv oyining o'n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitiladir Darbozasi sharqi-janubiyga qaratib qurilgan bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musorlar ila to'a. Saroy ahli kunduzgi ish-kuchlaridan bo'shab hujralariga qayt ganlar, ko'p hujralar kechlik osh pishirish ila mashg'ul, shuning uchun kunduzgiga qaraganda saroy jonliq: kishilarning shaqillashib so'zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko'kka ko'targudek. 7.10.16 Saroyning to'rida boshqalarga qaraganda ko'rkamrak bir hujra, anovi hujralarga kiygiz to'shalgani holda bu hujrada qip-qizil gilam, ularda bo'z ko'rpalar ko'rilgan bo'lsa, munda ipak va adras ko'rpalar, narigilarda qora charog' sasiganda, bu hujrada sham' yonadir, o'zga hujralarda yengil tabiatlik, serchaqchaq kishilar bo'lganida bu hujr aning egasi boshqacha yaratilishda: og'ir tabiatlik, ulug' gavdalik, ko'rkam va oq yuzlik, kelishgan, qora ko'zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra bino va jihoz yog'idan, ham ega jihatidan diqqatni o'ziga jalb etarlik edi. Qandog'dir bir xayol ichida o'lturguchi bu yigit Toshkandning mashhur a'yonlaridan bo'lgan Yusufbek hojining o'g'li - Otabek. Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan birovi darboza yonidagi kimdandir so'radi: - Otabek shu saroyga tushkanmi? Bizga tanish hujra ko'rsatilishi bilan ular shu tomonga qarab yurdilar. 7.10.16 Bu ikki kishining bittasi gavdaga kichik, yuzga to'la, ozroqqina soqol-murtlik, yigirma besh yoshlar chamalik bir yigit bo'lib, Marg'ilonning boylaridan Ziyo shohichi deganning Rahmat otlik o'g'lidir; ikkinchisi uzun bo'ylik, qora cho'tir yuzlik, chag'ir ko'zlik, chuvoq soqol, o'ttuz besh yoshlarda bo'lgan ko'rimsiz bir kishi edi. Bu yigit yaxshigina davlatmand bo'lsa ham, lekin shuhrati nima uchundir boyligi bilan bo'lmay, «Homid xotinboz» deb shuhratlangan, kishilar Homid orqasidan so'zlashkanda uning otiga taqilgan laqabni qo'shib aytmasalar, yolg'iz «Homidboy» deyish ila uni tanita olmaydirlar. Homidning Otabek bilan tanishligi bo'lmasa ham Rahmatka yaqin qarindosh - Ziyo shohichining qaynisi, Rahmatning tog'asi. Ular hujraga kelib kirdilar. Otabek kelguchilarni ulug'lab qarshiladi. 7.10.16 Bek oshiq Saroy tinch uyquda, tun yarim. Hasanali hujraning uzun burama qulufini ochib ichkariga sham' yoqdi va bekning to'shagini yozib uning kirib yotishini kutib turdi. Ammo Otabek nima uchundir tez kira bermadi. Hujra eshigini ochilganidan, sham' yoqilib, o'rin yozilganidan go'yo xabarsiz kabi ustunga suyalgancha qotib turar edi. - O'rningizni yozdim, bek. Otabek bu so'z bilan hujraga kirdi va borib to'shagi yoniga o'lturdi. Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turar, chunki uni yotquzib, yoqilgan sham'ni o'zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. Biroq Otabek to'shagi yonig'a o'lturdi-da, yana o'ylab qoldi Otabek bir necha kunlardan beri ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.61 MB
Ko'rishlar soni
450 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.61 MB
Ko'rishlar soni
450 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:44 ]
Arxiv ichida: ppt