10-sinf Adabiyot fanidan Alfons Dode So'nggi saboq hikoyasi dars taqdimot

10-sinf Adabiyot fanidan Alfons Dode So'nggi saboq hikoyasi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan Alfons Dode So'nggi saboq hikoyasi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Namangan viloyat Kosonsoy TXTB ga qarashli 28- sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Mohina Nurmuhammatovaning 10-sinf uchun Alfons Dodening So'nggi saboq hikoyasi mavzusidagi TAQDIMOTI ALFONS DODE Lui Mari Alfons Dode [1840-1897] BOLALIK VA O'SMIRLIK 1840-yil 13-mayda Fransiyaning Nim shahrida tug'ilgan. Yoshlik yillari maktablarda muallim bo'lib ishlaydi. O'n yetti yoshida Ernest ismli akasi bilan Parijga ko'chib borishadi. Ularning maqsadi jurnalistika bilan mashg'ul bo'lish va shu orqali tirikchilik o'tkazish bo'ladi. Yoshi yigirmaga yetmasidanoq bir qancha jurnallar bilan muxbir hamda teatr tanqidchisi sifatida hamkorlikni yo'lga qo'yadi. Ilk kitob - ilk hayajon! «Tegirmonimdan xatlar» (1869) deb nomlangan birinchi kitobida hikoyalari jamlangan edi. Bu hikoyalarda oddiy insonlar hayoti tabiat bilan uyg'unlikda, shuningdek, ularning halol mehnat bilan turmush kechirishlari xalq og'zaki ijodidagi hikoyat va ertaklarga o'xshash uslubda tasvirlanadi. MASHHURLIK Yoshlikdagi mashaqqatli yillari to'g'risida avtobiografik xarakterga ega bo'lgan «Kichkintoy» (1868) nomli roman yozadi. Dastlabki ikki kitobi bilan A. Dode fransuz adabiy muhitida shuhrat topadi. DO'STLIK O'z davrining Gyustav Flober, Emil Zolya, shuningdek, o'sha yillarda Parijda yashagan rus adibi Ivan Turgenev bilan yaqin munosabatda bo'ladi. Gyustav Flober Emil Zolya Ivan Turgenev 2 QIRRA! Adabiyotshunoslar uning ijodidagi ikki qirraga alohida urg'u beri shadi: 1.Yumor, kinoya hamda tasvirdagi aniqlik. 2.Kuzatishlaridagi teranlik hamda adibning voqelikni naturalistik uslubda tasvirlaydigan yozuvchilarga usluban yaqinlashganidir. ESLAB QOLING! A. Dodening XIX asr 80-yillarida yozgan asarlarida psixologik tahlil yetakchilik qiladi. 1867-yilda adib uylanadi. Undan uch farzand dunyoga keladi. A. Dode 1897-yil 17-dekabrda Parijda vafot etadi. Alfons Dodening quyidagi asarlarining nomlarini lug'at kitobdan foydalanib tarjima qiling! 1885 - Тартарен в Альпах ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.44 MB
Ko'rishlar soni 695 marta
Ko'chirishlar soni 95 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.44 MB
Ko'rishlar soni 695 marta
Ko'chirishlar soni 95 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga