ATOIY Atoyi XV asrda Balxda tug'ilgan. Atoyining hayot yo'li, shaxsiyati haqida ma'lumotlar juda kam. U asli Ahmad Yassaviylar nasabiga mansub bo'lgan Ismoil Ota avlodlaridan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Mirzo Ulug'bek saroyida xizmat qilgan. Bilib oling! Atoyi turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o'rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Taxallusini mashhur shayx ota-bobolariga ishora qilib, «Ato» («Ota») deb olgan. E'tirof Navoiy «Majolis un-nafois» asarida Atoyi hayoti va ijodi haqida to'xtalib: Mavlono Atoyi Balxda bo'lur erdi. Ismoil ota farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O'z zamonida she'ri atrok (turkiy tilda so'zlovchilar) orasida ko'p shuhrat tutti. Bu matla' aning durkim: Ul sanamkim suv yaqosinda paritek o'lturur, G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur… Nasl-nasab Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida Ismoil ota Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o'g'li ekanini aytadi. Atoyi devoni qo'lyozmasining oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» degan qayd Atoyining shayxlar oilasidan kelib chiqqaniga qo'shimcha dalolat bo'ladi. Lirika Atoyi g'azallarida muhabbat bilan bir qatorda boshqa hayotiy mavzular ham kuylangan. Atoyi ijodida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g'azallaridagi kabi hayot zavqi, uning barcha go'zalliklari va lazzatlari may timsolida vasf etiladi. Go'zallik soddalikda! Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta'birlar, maqol va matallar, og'zaki nutqqa oid so'zlar ko'p. G'azallarini, asosan, aruzning turli bahrlarida yozgan, ular orasida ramalda yozilganlari ko'proq; vazni yengil, misralari qisqa, so'zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she'rlari xalq qo'shiqlariga aylanib ketgan. Ul sanamkim… Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o'lturur, G'oyati nozukligidin suv bila yutsa bo'lur. To magarkim salsabil obina javloni qila, Keldi jannat ravzasindin obi Kavsar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.19 MB
Ko'rishlar soni
449 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
9.19 MB
Ko'rishlar soni
449 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: pptx