10-sinf Hamid Olimjon hayoti va ijodi

10-sinf Hamid Olimjon hayoti va ijodi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Hamid Olimjon hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

10-sinf adabiyot darsligi asosida 17-mavzu: HAMID OLIMJON (1909-1944) Hamid Olimjon g'oyat qisqa umr ko'rgan bo'lsa ham, XX asr o'zbek adabiyoti tarixida o'zining umrboqiy asarlari bilan o'chmas iz qoldirdi. Bu adabiy merosda shoir she'riyatining o'rni alohida. Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzax shahrida tug'ildi. To'rt yoshga yetar-yetmas otasidan yetim qolgan Abdulhamid Azimbobo qo'lida tarbiya topdi. Xat-savodli Azimbobo nevarasida ham o'qish-yozishga havas uyg'otdi. Mashhur xalq shoiri Fozil Yo'ldosh o'g'li ahyon-ahyonda Bulung'urdan jizzaxlik do'st-yorlarini yo'qlab kelganida, uning uyida ham to'xtar, shunda Abdulhamid bobosi pinjida o'tirib, ulug' shoirning doston va termalarini jon-u dili bilan tinglar edi. Abdulhamidning onasi Komila aya ham ko'plab ertak va dostonlarni, maqol va matallarni yod bilar edi. Bo'lajak shoir uzun qish kechalarida onasining Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini tinglab, bolalik chog'laridanoq xalq og'zaki ijodidan bahramand bo'lib o'sgan. Abdulhamidning bolalik xotirasida bir umrga saqlanib qolgan, hatto «Men bir qaro kunda tug'ildim. Tug'ildim-u shu on bo'g'ildim» satrlarining tug'ilishiga sabab bo'lgan voqea 1916-yilgi Jizzax qo'zg'olonining shafqatsiz ravishda bostirilishidir. Jazo otryadi tomonidan jazirama dashtga haydalgan jizzaxliklar orasida yetti yashar Abdulhamid ham bor edi. Oradan ikki yil o'tgach, bo'lajak shoir to'liqsiz o'rta maktabga o'qishga kirdi. Shoir shu davrdan boshlab qaynoq ijodiy va ijtimoiy faoliyat bilan shug'ullana boshladi. Uning «Olov sochlar», «Poyga», «O'lim yovga», «Daryo kechasi», «She'rlar», «O'lka», «Oygul bilan Baxtiyor», «Baxt» she'riy to'plamlari, dostonlari, tarjima asarlari ketma-ket nashr qilindi. 1939-yilda u O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga mas'ul kotib etib tayinlandi. Yangi o'zbek she'riyatining kamol topishi, lirik janrlarning rivojlanishi, lirik qahramon tuyg'ularining badiiy mujassamlanishida Hamid Olimjonning ham munosib o'rni bor. U tabiatan lirik shoir, nozik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.29 MB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:03 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 7.29 MB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga