10-sinf adabiyot darsligi asosida 26-mavzu: JEK LONDON «HAYOTGA MUHABBAT» Jek London «Hayotga muhabbat» hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonma-yon, unga basma-bas tarzda tasvirlaydi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urg'u beradi. Hikoya qahramoni ning hayotga bo'lgan muhabbati o'lim ustidan g'alaba qozonadi. Hikoya o'ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo'lga chiqqan, aniqrog'i borgan yo'lidan iziga qaytayotgan ikki yo'lovchining holati tavsirlanadi. Ulardan biri - Bill oyog'i cho'loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin bepoyon kengliklarda bittagina qahramonning o'zi qoladi. Yo'lda boshidan kechirgan mashaqqatlari, ochlikdan sillasi qurib, tabiatning turli ne'matlaridan tatib ko'rishlari, atrofidagi hayvon va qushlarni tutib yeyishga uri nish va boshqalari juda ta'sirli va aniq tasvirlanadi. Ortda qolgan yo'lovchini Jek London negadir nomlamaydi. Od diygina qilib «odam» deb qo'ya qoladi. Bu bilan adib nima demoqc hi bo'lgan? Balki muallif mana shu birgina obraz misolida butun insoniyatning matonatini, sabr-bardoshini aks ettirib bermoqchi ham bo'lgandir? Odatda, Jek London asarlarida oltin izlovchilar, oltinni qo'lga kiritish yo'lida turli mashaqqat va sarguzashtlarga duch kelgan insonlar taqdiridan hikoya qiladi. «Hayotga muhabbat» hikoyasining ikki qahramoni ham kerak manzilga yetib borib, xaltalariga keraklicha - o'zlari ko'tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan ikki kimsa. Shu ikki inson oltin bilan sinaladi. Hikoya mazmunida inson uchun bu olamda oltindan ko'ra muhimroq narsa, ya'ni tirik qolish, halovatda yashash va o'z maqs adiga erishish yo'lida tinimsiz intilish muhimligiga doir fikrlar mujassam topgan. O'zi istamagan holda Billdan ajralib qolgan yo'lovchi olib kelayotgan zil-zambildek oltinlardan avval yarmini, keyingi safar hammasini tashlab yuboradi. Kimsasiz joyda yeyishga bir burda noni, yordamga cho'ziladigan birorta qo'l bo'lmagan odam uchun oltinning aslo qadr-qiymati yo'q. ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
502 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.6 MB
Ko'rishlar soni
502 marta
Ko'chirishlar soni
37 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: pptx