«PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA 10-sinf adabiyot darsligi asosida 14-mavzu: MAHMUDXO'JA BEHBUDIY 7.10.16 Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yilda yozilgan bo'lib, oradan ikki yil o'tgach, ya'ni 1913-yilda kitob holida nashr qilinadi. Behbudiy o'zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo'lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. 7.10.16 Bu bilan Behbudiy o'zbek teatrining tamal toshini qo'ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat ulug'lanadi. Muallif «o'qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta'lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o'rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. 7.10.16 Unda qahramonlardan birining tilidan o'z g'oyasini: «Bizl arni xonavayron bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir», degan yo'sinda bayon qiladi. 7.10.16 Eslab qoling: «padarkush» so'zi lug'aviy jihatdan «ota qotili» degan ma'noni anglatadi. Dramada Boy, uning o'g'li Toshmurod, yangi fkrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo'lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. 7.10.16 Dramaturg ilgari surgan ma'rifatparvarlik g'oyasi shu obrazlarning o'zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo'ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so'zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko'rsatiladi. 7.10.16 Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo'lgan, ammo uni ilm yo'li, farzand tarbiyasi uchun sarfashni o'ylamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Domlaning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga quloq tutmaydi; savollariga qo'pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani - inson qadrini ham, obro'-e'tiborini ham boylik bilan o'lchaydi; o'z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan yashaydi. 7.10.16 Dramada boyning eng katta xatosi ziyoli kishilarning so'zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o'z jig'arbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bilamizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so'zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo'lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo'lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta'kidlab o'tadiki, «mani savodim yo'q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilur-man» - bu o'sha zamonga monand ayni haqiqat edi. 7.10.16 Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o'zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmaydi. Unda ma'naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo'lishi lozim. Muhtaram o'quvchi, agar diqqat qilgan bo'lsangiz, av-val Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma'rifatga, o'g'lini o'qi tish zarurligiga urg'u beradi. O'z zimmasidagi amri ma'ruf va nahyi munkar, ya'ni yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
538.74 KB
Ko'rishlar soni
509 marta
Ko'chirishlar soni
104 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
538.74 KB
Ko'rishlar soni
509 marta
Ko'chirishlar soni
104 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:18 ]
Arxiv ichida: pptx