10-sinf Adabiyot fanidan Mahmudxo'ja Behbudiy dars ishlanma

10-sinf Adabiyot fanidan Mahmudxo'ja Behbudiy dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan Mahmudxo'ja Behbudiy dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

10-sinf adabiyot darsligi asosida 13-mavzu: MAHMUDXO'JA BEHBUDIY (1875-1919) Mahmudxo'ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqand yaqinidagi bahshitepa qishlog'ida tug'ilgan. Mahmudxo'ja tog'asi Muhammad Siddiqning tarbiyasini olgan. Arab tili grammatikasini kichik tog'asi Mulla Odildan o'rgangan. Behbudiy 1899-1900-yillarda hajga boradi; 1903-1904-yillarda Moskva, Peterburgga hamda 1906-yili Qozon, Ufa, Nijniy Nov gorod, Misr va Turkiyaga safar qiladi. Behbudiy XX asr o'zbek adabiyoti tarixida munosib o'ringa ega. Uning hayoti va ijodiy faoliyati jamiyat hayotidagi jiddiy o'zgarishlar davriga to'g'ri keldi. Behbudiy Turkistonda maktab va maorif, matbuot va teatr, jurnalistika sohalarda ijtimoiy-siyosiy, ada biy-ma'rifiy faoliyat olib bordi. Qishloqlarda tashkil qilingan maktablar uchun bir qancha darsliklar yozdi. Behbudiy o'z zamonasi yoshlariga murojaatida bunday yozadi: «Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, makotib - taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har millat eng avval makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko'paytirmaguncha taraqqiy yo'lig'a kirib madaniyatdan foydalanmas». Turkistondagi maktablar islohoti Behbudiy nomi bilan bog'liq. Behbudiy yangi usuldagi maktablar tashkil etish ishida jonbozlik ko'rsatadi. Tirikchilikka o'zini urgan xalqni dunyoning eng ilg'or millatlari qatoriga qo'shish uchun maktablarning o'zi kamlik qilar edi. Shu bois Behbudiy Samarqand shahrida 1913-yili «Samarqand» nomli gazeta va «Oyna» jurnalini nashr ettira boshlaydi. Ularda millat ahvoli, uning haq-huquqi, milliy til qadri, chet tillarini o'rgan ish va tarix masalalariga doir maqolalar e'lon qiladi. Behbudiy o'z davrida ziyolilarning yetakchisi, ma'rifat fidoiysi, millatparvar sifatida taniladi. Butun umrini jaholat va zulmatni ilm-ma'rifat yog'dusi bilan yoritishga bag'ishlagan Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti va faoliyati bugungi yoshlarga o'rnak bo'lishga arziydi, albatta. Mahmudxo'ja Behbudiy 1919-yil 25-martda Shahrisabzda qatl etiladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 57 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:18 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.04 MB
Ko'rishlar soni 342 marta
Ko'chirishlar soni 57 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga