10-sinf adabiyot darsligi asosida 1-mavzu: Qadim zamonda Oqtosh viloyatida Sultonxon degan o'tdi. Sultonxonning uch xotini bor edi, tug'maydigan aybi bor edi. Necha vaqt Oqtosh mamlakatida podsholik qildi. Yoshi ulg'ayib soqoli oqarib qoldi. Huroyim degan o'rtancha xotini homilador bo'lib, oydan oy, kundan kun o'tib, oyikuni yaqin yetib kelaberdi. Sultonxon Huroyim yoriga aytdi: «Dunyoda bir qo'rqqan yomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Mening qariganda ko'rgan farzandim. Men shu yerda yursam, sen bir kun tug'ib qo'yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o'lib qolarman. Qurudum mamlakatiga safar qilayin, oldimga suyunchi deb chiqqan kishiga ayamasdan tangatilla berarman, qulog'idan dunyoga ko'marman, balki qo'rg'onbegi qilarman. Shunda ketmoqqa ixtiyor qilib, taxti-baxtini kimga topshirarining hisobini topmay, amalini, davlatini hech kimga ishon may, hayron bo'lib, qozikalonlardan so'radi. Qozikalonlar turib aytdi: «Gumonaning tufaylidan mamlakatni Huroyimni so'ramog'i to'g'ri keladi». Shunda Sultonxon taxt-baxtini Huroyimga topshirib, karnay-surnay qo'ydirib, odamlarni yig'dirib, jo'namoq harakatida bo'ldi. Huroyim Sultonxonga qarab bir so'z aytib turgan ekan: Xonim, eshit menday oyim arzini, So'ldirmagin bunda gulday tarzini, Mergan otar dayrobotning g'ozini, Xonim, ongla Huroyimning so'zini. El ko'chirib Olatog'dan oshirding, Ulug' bilib nechovlarga bosh urding. Bir necha dushmandan siring yashirding, Toj-u davlatingni menga topshirding. Necha yillar surib bu elda davron, Qurudum deb, xonim, ketib borasan. Davlatim bor, ponza ro'mol o'rayin, Sarg'ayib tarzingga, xonim, qarayin. Kelar mo'ljalingni, to'ram, so'rayin: Necha vaqtda Oqtosh qaytib kelasan? Bizga tashlab ketib mamlakatingni, Obod qilib so'rab turay yurtingni. Men bilmayman sening qaytar vaqtingni, Aytgin, to'ram, necha vaqtda kelasan? Sen ketgan so'ng, men ham xafa bo'larman, Ko'z tutib yo'lingga qarab yurarman. Kelar mo'ljalingni aytsang, xonzoda, Men yo'lingga peshvoz chiqib turarman. Ochilar bahorda, bilsang, gulg'uncha, Yurt egasi bo'ldim o'zing kelguncha. Senday xizmat qilar menga ham necha, Bir kelar mo'ljaling aytgin, xonzoda. Bu so'zni eshitib, Sultonxon dimog'i chog' bo'lib otlanib, Huroyimga qarab, murtini burab, uzangiga oyog'ini tirab: «O'n to'rt yilda kelaman», - deb bir so'z aytib turgan ekan: Men ketgan so'ng uydan chiqib o'tirma, Do'st yig'latib, dushmaningni kuldirma. Toj-u davlat, mol-u mulkim topshirdim, Bir yetar-yetmasga sirim bildirma. Men qanday so'rasam, shundayin bo'lgin, Oqtoshga ega bo'p, podsholik qilgin. Obod qilib, endi yurtimni so'rab, Podsho bo'lib sen Oqtoshda turgin. Men ketgan so'ng nodon ko'ngling bo'lmagin, Ko'p yashagin, ko'p yilgacha o'lmagin. Yaxshilik ko'r, yomonlikni ko'rmagin, Nodonlarman aslo sirdosh bo'lmagin. Ayollik qib nodon so'zlab turmagin, Toj-u davlatimni senga topshirdim. Bu so'zni Sultonxondan eshitib, Huroyim yori Sultonxonga qarab, tag'il bir-ikki og'iz so'z aytib turgan ekan: Tog'lar-tog'ning boshini chalgan tuman-a, Har kim yig'lab tursa oxir zamon-a, Bo'yimda qolgandir biror gumon-a. Bizlarga topshirsang Oqtosh yurtingni, Qo'yib ketgin farzandingning ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
611.46 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 12:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
611.46 KB
Ko'rishlar soni
285 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 12:35 ]
Arxiv ichida: pptx