10-sinf Adabiyot fanidan Said Ahmad - Qorako'z Majnun asari dars taqdimot

10-sinf Adabiyot fanidan Said Ahmad - Qorako'z Majnun asari dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan Said Ahmad - Qorako'z Majnun asari dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

10-sinf adabiyot darsligi asosida 20-mavzu: SAID AHMAD «QORAKO'Z MAJNUN» Qur'oni karimdan: «Sizlardan qaysi biringiz o'z dinidan qaytsa va shu koǺrligicha o'lsa, bas, ana o'shalarning (qilgan savobli) amallari xabata (bekor) bo'lur, ular do'zax ahlidurlar va u yerda mangu qolurlar». («Baqara» surasi, 217-oyat) Hadisi sharifdan: «Jannatga kiradigan o'n nafar hayvondan biri bu «As'hobi kahfning vafodor itidir». («Al-Jome al-Kabir») Saodat aya bomdod namozini o'qib, joynamoz poyida uzoq o'tirib qoldi. Bundan uch yil oldin olamdan o'tgan yeri usta Turobga atab Qur'on tilovat qildi. O'ris shaharlarida daydib qolib ketgan o'g'li Bo'rixonga Xudodan insof tiladi. Baxti ochilmay, guldek umri xazon bo'layotgan qizi Qumriga achinib, shu farishtaginaning yo'lini och, deb Allohga iltijo qildi. Kampir har sahar ichki bir ezginlik bilan shu gaplarni takrorlardi. U qo'l cho'zib, joynamozning bir burchini qayirib o'rnidan turdi. Sentabr oyoqlab, suvlar tiniqqan, ariq tublaridan bola-baqra tashlab yuborgan piyolami, choynak qopqog'imi, qoshiqmi shun doqqina ko'rinib turibdi. Qirg'oqlar zax tortib, ekin-tikin suv so'ramay qo'ygan palla. Qo'shni hovlilardan maktabga ketayotgan bolalarning injiqliklari, xarxashalari, onalarning yalinib-yolborishlari eshitilib turibdi. Said Ahmad va Saida Zunnunovaning Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy bog'ida o'rnatilgan haykali Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini tebratib, kulib qo'ydi. Saodat yoshligida juda chiroyli qiz bo'lgandi. Sochlari taqimini o'pardi. Taraganda shamshod taroq ushlagan qo'llari sochining uchigacha yetmasdi. Yarmini qismlab turib, bu yog'ini tarardi. Opasi bu sochlarni qirqta qilib o'rganda, yana shunchasi ortib qolardi. - E, soching qursin! - derdi opasi. - Qo'llarim tolib ketdi, so chingni o'rdirishga odam yollash kerak. Ko'chada amirkon mahsi-kovushni g'irchillatib, sochlarini selkillatib yurganda qaragan ham qarardi, qaramagan ham. Yosh qizaloqlar orqasidan kelib, sochlarini ko'ziga surtib qochishardi. Mana, yillar o'tib soch ham oqardi, siyraklashdi-yu, baribir, o'sha uzunligicha qoldi. Uchiga biror narsa taqmasa, hurpa yib, bo'yni, yelkalarini tutib ketadi. Shuning uchun ham u sochining uchiga o'g'ritutar sandiqning kalitini osib qo'yadi. Sandiqni ochayotganda kalitni yechib olmaydi. Sochi uzun bo'lganidan tizzalasa, kalit bemalol qulfga yetadi. Endi yangi uylarga sandiq urf bo'lmay qoldi. Hamma uyni po'rim javonlar bosib ketdi. Bundan tashqari, qulfni daranglatib ochadigan kalitlarni yasaydigan ustalar qolmagan. Kampirning sochlari hamon yoshligidagidek. Faqat yarmidan ko'pi oqarib ketgan. Orqasiga tashlab qo'yadigan, uchi birlashtirilgan ikki o'rim sochining uchiga yerining frontdan olib kelgan og'irgina me'dalini osib qo'ygan. Tayyor ilgagi ham bor, sochni pastga tortib turadi. Hovlining yarmiga yaqin joyga tangadek oftob tushirmaydigan qari tut barglari sarg'aya boshlagan. Qurigan shoxiga bahorda ilin ib qolgan varrakning qamish qovurg'alari skeletdek bo'lib turibdi. Faqat uzun latta dumi shamolda ilondek to'lg'onadi. Shu tut tagida bir oppoq it supurgi ustida uxlab yotibdi. Kichkinagina, belida belbog'dek ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.93 MB
Ko'rishlar soni 605 marta
Ko'chirishlar soni 116 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.93 MB
Ko'rishlar soni 605 marta
Ko'chirishlar soni 116 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga