10-sinf adabiyot darsligi asosida 12-mavzu: TURDI FAROG'IY (XVII asr o'rtalari-16991700) Turdi Farog'iyning hayoti va ijodi haqidagi ma'lumotlar, asosan, o'z asarlaridir. U Buxoroda tavallud topgan. Uning tug'ilgan yili haqidagi aniq ma'lumotlar saqlanmagan, biroq ashtarxoniylardan Nodirmuhammad (1642-1645) hamda uning o'g'illari Abdulaziz (1645-1680) va Subhonqulixon (1681-1702) lar hukmronlik qilgan yillarda yashaganligi ma'lum. U Xo'jandda vafot etgan. 1681-yilda Miyonkolda xalq hukumatga qarshi qo'zg'olon ko'taradi. Turdi ham mana shu qo'zg'olonchilar orasida bor edi. So'ng shoir Xo'jand va O'ratepa hokimi Rahimbiy otaliq panohida bo'ladi. Rahimbiy vafot etgach, uning o'g'li Oqbo'tabiy huzurida qoladi. Biroq shoir ancha moddiy qiyinchiliklar bilan yashaydi. Adibning she'rlari shundan dalolat beradi. Turdi ikki tilda ijod qilgan: uning o'zbekcha asarlari qatorida tojikcha she'rlaridan ham ikkitasi bizgacha yetib kelgan. Bizga hozircha adibning 18 tagina she'ri ma'lum, xolos. Ular 5 ta muxammas, 12 ta g'azal va bir dona farddan iborat. Ulardan shoirning tiyrak va bezovta ruhini, o'tkir qalamining ta'sirchan kuchini, favqulodda jasoratini ilg'ab olish qiyin emas. Turdi o'zi zamondosh bo'lgan jamiyat illatlarini qattiq tanqid qildi, bu illatlarni mamlakat va millat fojiasi sifatida talqin qildi, millatd oshlarini uning oqibatlarini tezroq va to'laroq tasavvur qilishga undadi. Turdi adabiyotimiz tarixida satirik - tanqidiy yo'nal ishni ancha baland cho'qqilarga olib chiqqan ijodkor sifatida shuhrat qozondi. G'AZALLAR «Tor ko'ngulluk beklar» Tor ko'ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling, To'qson ikki bovli o'zbak yurtidur, tenglik qiling. Birni Qipchoq-u Xitoy-u, birni Yuz, Nayman demang, Qirq-u Yuz, Ming son bo'lub, bir xon oyinlik qiling. Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to'ng'a kirib, Bir o'ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling. Kim qo'yubdur, uhdayi o'z mulkungizdin ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
396 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.89 MB
Ko'rishlar soni
396 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: ppt