11-sinf Adabiyot fanidan Cho'lpon - Kecha va kunduz romani dars taqdimoti

11-sinf Adabiyot fanidan Cho'lpon - Kecha va kunduz romani dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Adabiyot fanidan Cho'lpon - Kecha va kunduz romani dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

11-sinf Adabiyot fanidan Abdulhamid Cho'lpon hayoti, ijodi, Kecha va kunduz romani dars taqdimoti

Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1897-1938) Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim, do'stlar… Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon 1897-yilda Andijon shahrining Qatorterak mahallasida tug'ildi. Uning otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o'g'li Andijonning obro'li kishilaridan bo'lib, savdogarchilik bilan shug'ullanar edi. U zamonasining o'qimishli kishilaridan hisoblanar, o'zi ham she'rlar yozib turardi. O'sha davrda bo'lajak shoirning otasi o'zi yozgan hajviy she'rlardan devon tuzganligi haqida ma'lumotlar bor. Rasvo taxallusi bilan ijod qilgan. Ziyoli ota Ta'l im Cho'lpon madrasa tahsilini ko'rgach, 1912-1914- yillarda rus-tuzem maktabida o'qidi. Shu vaqtda Tarjimon gazetasi va Oyna jurnaliga xabar va she'rlar yo'llab turdi. 1914-yilda Sadoyi Turkiston gazetasida Cho'lponning Turkistonli qardoshlarimizga she'rining e'lon qilinishi esa o'z mavzusiga ega, o'zbek xalqining taqdiri ustida ko'yinayotgan shoirning dunyoga kelganidan darak berdi. Cho'lpon - tong yulduzi! Holbuki, u bu vaqtda endigina 16 yoshga kirgan yigitcha bo'lib, Munavvar qori unga bejiz Cho'lpon - Tong yulduzi, degan taxallus bermagan ekan. Cho'lpon Sadoyi Turkiston gazetasida Qurboni Jaholat va Do'xtur Muhammadyor hikoyalarini hamda Yozg'uvchilarimizga, Adabiyot nadur? maqolalari (1914-yil) ni e'lon qildi. Jo'shqin faoliyat 1919-1923 - «Yangi sharq», «Ishtirokiyun» (1920-yildan «Qizil bayroq», 1922-yildan «Turkiston») gazetasida adabiy xodim; 1920-1923 - Xalq maorif komissarligi qoshidagi Ilmiy kengash (1921-yildan O'lka o'zbek bilim hay'ati, 1922-yildan Ilmiy hay'at) da rais; 1921-22 - «Buxoro axbori» gazetasida muharrir ; 1921; 1922-23 - «Turon» teatrida direktor ; 1922-23 - «Mushtum» jurnali va «Darxon» gazeyasida texnik muharrir, adabiy xodim ; 1924-27 - O'zbek drama studiyasida adabiy emakdosh (Moskva); 1927-31 - O'zbek davlat drama teatrida adabiy emakdosh ; 1931-34 - SSR XKS va Sharq xalqlari markaziy nashriyotida tarjimon (Moskva); 1935-37 - «Mushtum» va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.87 MB
Ko'rishlar soni 744 marta
Ko'chirishlar soni 311 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.87 MB
Ko'rishlar soni 744 marta
Ko'chirishlar soni 311 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga