11-sinf Adabiyot Abdurauf Fitrat - Abulfayzxon fojeasi dars taqdimot

11-sinf Adabiyot Abdurauf Fitrat - Abulfayzxon fojeasi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Adabiyot Abdurauf Fitrat - Abulfayzxon fojeasi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

ABDURAUF FITRAT «ABULFAYZXON» Fojiasi haqida 11-sinf adabiyot darsligi asosida 19-mavzu: Abdurauf Fitrat ijodining ma'lum bir qismini dramatik asarlar tashkil etadi. Ular orasida 1924-yilda chop etilgan «Abulfayzxon» fojiasi alohida o'rin tutadi. Abdurauf Fitratning «Abulfayzxon» fojiasi birmuncha keskin voqealarni tasvir doirasiga olgan asarlar sirasiga kiradi. Asarni mudhish bir ta'kid, ya'ni asarda Ulfat obrazi tilidan aytilgan «Podshohlik - qon bilan sug'orilaturg'on bir og'ochdir» asosiga qurilgan desak ham bo'ladi. Chunki toj-u taxt orzusi ko'zlarni ko'r, qalblarni nochor qilishi mumkin. Bunga asardagi bir qancha voqealar ham dalil bo'la oladi. Xususan, tarixiy dalillarga ko'ra, Abulfayzxon taxtga o'tirish uchun akasining bahridan o'tgan edi. Xon yon-atrofidagi ikkiyuzlamachi xoinlar dastidan, qolaversa, o'zining nihoyatda kaltabinligi tufayli mag'lubiyatga uchraydi. Asarning bosh g'oyasi ham zulm asosiga qurilgan tuzumning oxir-oqibat inqirozga yuz tutishini ta'kidlashga yo'naltirilgan. Ma'lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat o'yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o'yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o'yini zamirida qaysidir ma'noda fojiada qatnashadigan obrazlarning o'zaro ziddiyati, qaysi tomonning yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi. Ikkinchi tomondan, ko'pincha shaxmat o'yini aqlli va bekorchi odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi. Shunga ko'ra, xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning maishat-u turli o'yinlar bilan mashg'ulligiga ishora qilinadi. Kunlar o'tgan sayin Abulfayzxonni marhumlar ruhi bezovta qila boshlaydi: qo'rqinchli tushlar ko'radi. Xon atrofi borgan sari sotqinlarga to'lib boradi. Zero, bunga faqatgina uning o'zi aybdor edi. Hatto eng ishonchli odamlaridan biri Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do'stlashadi. O'g'lini yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir tarafdan urushmaslik tarafdori bo'lib ko'rinsa ham, o'z yurtini dushman qo'liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.72 MB
Ko'rishlar soni 543 marta
Ko'chirishlar soni 89 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.72 MB
Ko'rishlar soni 543 marta
Ko'chirishlar soni 89 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga