Abdurauf Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati. Abulfayzxon – ilk o'zbek realistik dramasi.
ABDURAUF FITRAT (1886-1938) XX asr boshidagi o'zbek milliy uyg'onish davri adabiyotining yetakchi siymolaridan biri Abdurauf Fitrat ko'hna ilm-fan markazlaridan bo'lmish Buxoro shahrida 1886-yilda tavallud topgan. Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o'ziga to'q, o'qimishli, dunyo ko'rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik (pul maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdogarlik bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan atrof yurtlarga, hatto Turkiya, Eron, Qashqarga tez-tez borib-kelib turgan. Onasining ismi Bibijon (to'la nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi) bo'lgan. Fitrat 1937-yilda «xalq dushmani» sifatida qamoqqa tashlanganda onasi hayot edi. TA'LIM Mir Arab madrasasida o'qidi. Turkiyaning Istambul dorilfununidagi to'rt yillik (1909-1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Yosh buxoroliklarning siyosiy kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug'ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi. JO'SHQIN FAOLIYAT Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy harakatlarga yana-da faolroq aralasha boshlaydi. Buxoro jadidlarining «Yosh buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo'lib saylanadi. Samarqandda chop etiladigan «Hurriyat» gazetasida o'zining o'tkir maqolalari bilan ketma-ket chiqishlar qiladi. Fitrat 1917-1918-yillar oralig'ida bu gazetaga bosh muharrir ham bo'ladi. Fitrat 1918-yilda Toshkentda «Chig'atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma'rifiy jamiyatni tashkil etadi. 1920-yil oxirlarida Fitrat o'zining sadoqatli do'sti Fayzulla Xo'jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga F.Xo'jayev boshchiligidagi Buxoro hukumatining yirik lavozimlari ishonib topshiriladi. 1-o'zbek professori Fayzulla Xo'jayevning ko'magi bilan adib Moskvaga ketadi va 1923-1924-yillarda Sharq tillari institutida mehnat qiladi. Shuningdek, hozirgi Sankt-Peterburg universitetining Sharq fakultetida sharq xalqlari tili, adabiyoti, madaniyatidan ma'ruzalar o'qiydi, professorlik unvoniga ega bo'ladi. Fayzulla Xo'jayev Mash'um 4-oktabr Vaqtli matbuotda, ketma-ket uyushtirilgan turli majlislarda Fitrat «millatchi», «turkparast», «islomparast», hatto «g'arbning josusi» sifatida qoralandi, unga ko'rakda ...