11-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi dars taqdimoti

11-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Adabiyot fanidan Alisher Navoiy hayoti va ijodi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 9-mavzu: ALISHER NAVOIY (1441-1501) «MAKORIM UL-AXLOQ»DAN PARCHALAR Bolalik chog'laridayoq ul hazratning muborak tillaridan o'ta ajoyib va kutilmagan so'zlar chiqar va [bu so'zlarni] eshitganlar hayrat dengiziga g'arq bo'lardilar. Sohibqironning dong'i taralgan ulug' otasi Sulton G'iyosiddin Mansur (Alloh uning qabrini xursandchilik qandil [nur]lari bilan munavvar etsin), saodatli podshoh Mirzo Sulton Boyqaro hamda uning boshqa qarindoshlari va yaqinlari hamisha ushbu buyuklik gulbutasi g'unchasiga mehribonlik va g'amxo'rlik ko'zi bilan qarashar, uning ilhom nisxonalariga ega bo'lgan so'zlarida uning saodatli kelajagi alomatlarini ko'rib, ul hazratga nisbatan o'ta iltifot va marhamat hissi bilan yashashardi. Misra: Ko'ngil ahli uning chehrasida rahmat ma'nosini ko'rmishlar. Hidoyatga erishgan Amir bolalik chog'laridan umrining oxirlarigacha o'z barakali vaqtining ko'p qismini ilm egallash va kamolotga erishish ishiga sarflab, bir lahza bo'lsa-da turli bilimlarni o'rganish va har xil ko'nikmalarni egallashdan tinmadi. Umrining eng yaxshi fasli bo'lgan yoshlik yillari va yigitlik davrida mashhur olimlar yig'ilgan va hurmatga sazovor fozillarning nufuzli markazi hisoblangan shavkatli Hirot shahrida katta sa'y-harakat va so'z bilan ta'riflab bo'lmaydigan g'ayrat bilan [o'sha zamondagi] mashhur kitoblarni mutolaa qilishga mashg'ul bo'ldi. «Xusraviya» madrasasi Marv shahrida bino etilgan. Madrasaning bunday nomlanishining sababi shuki, Sohibqiron xusrav opasining o'g'li, Kichik Mirzo nomi bilan mashhur bo'lgan marhum shahzoda Mirzo Muhammad Sulton uning ilk g'ishtini qo'yib bergan. Shuning bilan birgalikda, «xusraviya» so'zining o'zi abjad hisobida ushbu madrasaning qurilgan yilini bildiradi Ayniqsa, yigirma yil oldin bino etilgan «Ixlosiya» madrasasi va «Xalosiya» xonaqohi qurilganidan buyon to shu kunga qadar ushbu ikki tabarruk maskanga dunyoning turli mamlakatlari va burchaklaridan bir necha ming talaba kelib, qisqa vaqt ichida o'z ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.7 MB
Ko'rishlar soni 240 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga