Anbar Otin hayoti va ijodi Reja: Anbar Otin ijodining o'rganilishi. Shoiraning hayoti haqida. Anbar Otin lirikasi. Shoira asarlarida ijtimoiy-siyosiy masalalarning ko'tarilishi. «Qarolar falsafasi» asari. Kelajak haqida o'ylarining badiiy ifodasi. Ayol ijodkorlar orasida Anbar Otin Nodiradan keyingi davrning yorqin adabiy siymosidir. Uning asarlarida milliy ongni uyg'otish, jamiyatni taraqqiyotga undash, o'z xalqini boshqa xalqlar bilan solishtirgan holda ilg'or davlatlarga tenglashishga da'vat g'oyalari yoniq so'z bilan tashviq qilingan. Anbar Otinning hayoti va ijodiga bo'lgan e'tibor o'zbek adabiyotida 1960 yillardan boshlandi. Shoira ijodiyotini o'rganish, to'plash, nashr etish ishlari bilan professor A.Qayumov va F.Husainovalar shug'ullanganlar. Ularning say'i harakatlari bilan 1963 yilda shoira she'rlari topildi va majmua holiga keltirilib, Anbar Otin. SHe'rlar nomi bilan chop etildi. Shoira ijodini ommalashtirish maqsadida ushbu tadqiqotchilarning 1964 yilda shoira hayoti va ijodini yorituvchi Demokrat shoira Anbar Otin nomli risolasi bosilib chiqdi. 1970 yili shoira asarlarining to'ldirilgan nashri chop etildi. Adabiyotshunosligimizda shoira ijodi bo'yicha izlanishlar izchil amalga oshirildi. 1966 yilda arab alifbosiga bag'ishlangan Yakka baytlari topildi. 1977 yilda esa adabiyotshunos M.Qodirova uning 17 she'rini o'zbekcha tarjimasi bilan nashr ettiradi. 1991 yilda A.Jalolov XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o'zbek adabiyoti nomli kitobida Anbar Otin ijodining tahliliga keng o'rin ajratdi. Shoira 1870 yilda Qo'qonda Buzrukxo'ja mahallasida tug'ildi. Uning otasi asli Marg'ilondan bo'lib, shoira tug'ilmasdan avval turmush taqozosiga ko'ra Qo'qonga ko'chib kelgan. Shoiraning otasi Farmonqul shoira Uvaysiyga jiyan bo'lgan, bo'zchilik kasbi bilan shug'ullangan. Onasi ham qo'qonlik oddiy kosib oilasidan edi. Bu haqda shoiraning o'zi shunday yozadi: Otam - Farmonquliyi Marg'iloniy, Onam -Ashurbibiyi Qo'qoniy. Alar belboqchi-bo'zchi erdi kasbi, Hamisha makkayidin erdi noni. Xalqimiz orasida «Bo'zchi belboqqa yolchimas» degan maqol bekorga yurmaydi. Demak, bu kasbning egalari deyarli hech qachon iqtisodiy tanglikdan chiqa olmaganlar. Xuddi shuningdek, Farmonqul oilasi ham moddiy tanglikda yashaganligini shoira quyidagicha ifodalaydi: Ki «bo'zchi yolchimas belboqqa doim», Yana juft bo'lmas erdi bir choponi. Yana Anbar Otin taniqli shoira Dilshod Barno qo'lida ta'lim olgan. Ustozining ijodkor ekanligi, Sharq mumtoz adabiyotining namoyondalari ijodiyotiga shogirdlarni qiziqtira olganligi, qolaversa, badiiyatga intilish uning qonida bo'lganligi sababli Anbaroy juda berilib o'qiydi, she'rlar mashq qiladi. Ustoz o'z shogirdi haqida mana bunday iliq va umidli so'zlarni aytgan edi: «Anbar Otin bug'doyrang, sunbulsoch, ohu ko'z, oy yuzli, axloqi hamda odobi pisandida sohibidur. Bu sakkiz yashar qizchaligiga qaramasdan hazrati Navoiy nazmiyotlarini o'rganishga behad qiziqadi. Bu ojiza sakkizdan o'n to'rt yoshgacha adab ta'limiga mashg'ul bo'ldi. Umidim borki, bu qizcha katta shoira bo'lg'usi». O'n to'rt yoshlarida Anbaroyni Zohidxo'ja ismli kambag'al novvoy yigitga uzatishadi. Zohidxo'ja ham she'riyatga ixlosmand kishi bo'lib, ko'pgina shoirlarning g'azallarini yoddan bilar va ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.87 MB
Ko'rishlar soni
342 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 11:52
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.87 MB
Ko'rishlar soni
342 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 11:52 ]
Arxiv ichida: ppt