11-sinf Anbar Otin Risolayi falsafayi siyohon

11-sinf Anbar Otin Risolayi falsafayi siyohon

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Anbar Otin Risolayi falsafayi siyohon - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 17-mavzu: «RISOLAYI FALSAFAYI SIYOHON»DAN («Qarolar falsafasi risolasi»dan) Avvalg'i fasl Bu faslda barcha qarolar borasida bu aqli qosir va noraso ilan bayon qilurman. Aslida, qaro nimarsalar qarong'ulikda ko'zga ko'runmas, ammo bu falaki kajraftor o'z shevalari ilan zamonani zulmat ichra qaro chodirga burkabdurki, bu chodir o'z qarolig'i qirq yilg'i jilosida ichidagi barcha qarolarni ham namudor etgay Har kishida o'tkur idrok bo'lsa bilurki, qarong'u tunda qaro baxt, qaro niyat va qaro fikr nechuk robita birla zulmat quc hog 'ida harakat qilur. Qaro tunda qaro baxt harakat qilg'oni shu bo'lurki, barcha mazlumlar bedor va vahshat biym (qo'rquv, vahm)ida og'ir zahmat va mehnatg'a giriftor bo'lurlar Aksar Janub va Sharq xalqlari monandi Arab, Eron, Afg'on, Seylon, Hind va Kashmir xalqlari qaro yuz, oq ko'ngul xaloyiq erurlar. Ul xaloyiq aslzoda oq tanlar kabi andom, a'zoyi badan, qo'l-oyoq, til, ko'z, aql-hush, g'ayrat, quvvat va tafakkurga moy ildurlar Ul qaro xalq oftob so'zonida mehnat qilib, o'zlari har qancha kuyganlari holda, hosillarini hamtavoqlarig'a tuhfa qilurlar. Misol andoqdurki, qazon bovujud qarodur, o'zi o'tda kuyub qaro bo'lg'oni holda ovqat pishirub odamlarni to'ydurur Qarolar bordurlarki, alar o'zlari qaro bo'lg'onlari holda ma'rifat nuri siyratlarida to'ladur va ul nurlarni fasohat va til durdo nalari vositasi ila olamg'a oq shu'la socharlar. Misol uldurki, qaro charog' o'zi qaro yog' va kuyundig'a giriftor bo'lg'oni holda nuri ilan kulbani ravshan qilur. Husn bobidagi eng muqaddam omillar ham qaroliqdurlarki, go'zal siymoni asosi qaro qosh-u qaro soch va qaro xol bo'lur. IKKINCHI FASL Bu faslda man farqi qarolar taqdirini bayong'a keltirurman. Avvalo, farq iborasi uldurki, ayollar boshini ikki qismga ajratib, pesxonasidin, ya'ni burni ustidin ayriliq yo'l tushar, shu(l) yo'lni farq deyurlar, ma'nisi ulki o'ng taraf va chap tarafni farq qil moq uchun zarurdir. Ma'lum bo'ldiki, farq deb ayol boshidag'i chiziqni nom olduk. Bas, farq ayol boshida bo'lsa, ul farq qay xilda bo'lmog'ini ham bilmoqni taqozo qilur. Ayol sochini farqi har ikki tarafg'a barobar taralg'on bo'lub, nihoyat, silliq bo'lg'onidan yaroqqos jilosi bo'lur, ul jilog'a nazar solub, bu ayol taqdirini nelar bilan o'turini muoyina tafakkur ko'zi ila ko'rib bo'lur. Bu farq egasini man inson onosi har nechuk donishmand enagasi deb bilurman, ul ono shundog' onodur va mohir donodurki, Aflotun va Arastuni, Laqumojis va Doniyolni, Xizr ila Ilyosni, Iskandar-u Doroni, Luqmon va Sulaymonni, Abu Sino va Ulug'bekni, Jomiyni, Sa'diyni, Navoiyni, Firdavsiyni, Bedil va Xayyomni, Nodira va Uvaysiyni, meni va seni o'z qornida o'n oy ko'tarub, turli ofatlardin saqlab, yegan g'izosidan rasamat berib, to'qson to'qquz to'lg'oq dardini tortub tug'ub, hanuz ko'z ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.16 MB
Ko'rishlar soni 1020 marta
Ko'chirishlar soni 202 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:52 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.16 MB
Ko'rishlar soni 1020 marta
Ko'chirishlar soni 202 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga