ANTON PAVLOVICH CHEXOV (1860-1904) Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil Rossiyaning Taganrog shahrida tug'ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi qishloqlarda shifokor bo'lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois Yaltaga ko'chib o'tadi. A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran o'rgandi; odamlar orasida bo'ldi, ularning dard-u holini tingladi. O'z davrining ijtimoiy-maishiy hayot tarzi, insonlararo turli muomala- munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri, o'tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko'chdi. Yozuvchi hayotdan go'zallik izladi, tevarak-atrofida bo'layotgan bema'ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi. U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o'tkir ada biy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Bilib oling! Sahna asarlari: «Ivanov» (1887-89), «Alvasti» (1889, keyinchalik «Vanya amaki» nomi bilan qayta ishlangan), «To'y» (1889), «Tamakining zarari haqida» (1886), Chayka», «Vanya amaki» (1896), «Uch opa-singil» (1900-01), «Olchazor» (1903-04) va boshqa pyesalari bor. Sayohat xotiralari: «6-palata» (1892) qissasi va «Saxalin oroli» (1893-94) kitobida Saxalinga katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushiga doir sayohat xotiralari aks etgan. Hikoyalari: «Semiz va oriq», «Chinovnikning o'limi» (1893), «Buqalamun», «Niqob» (1884), «Unter Prishibeev» (1885), «G'ilof bandasi» (1898), «Boloxonali uy», «Mening hayotim» (1896) qissalari, «Ionich» (1898), «Laycha yetaklagan xonim» (1899), Garov va boshqa ko'pgina hikoyalar muallifidir. Garov hikoyasi A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi. Ayni damda, hikoya mazmuni, bankir va huquqshunosning qilmishlariga sharqona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o'rtaga qalqib chiqadi «Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.25 MB
Ko'rishlar soni
517 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.25 MB
Ko'rishlar soni
517 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:05 ]
Arxiv ichida: pptx