BOBORAHIM MASHRAB G'AZALLAR 11-sinf adabiyot darsligi asosida 15-mavzu: «Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?!.» Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?! Bo'lmasa qoshimda jonon, bu jahonni na qilay?! Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak?! Ibrohimdin qolg'on ul eski do'konni na qilay?! Urayinmu boshima sakkiz behisht-u do'zaxin, Bo'lmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?! Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, Oshkoro bo'lmasa, sirri nihonni na qilay?! Arshning kungurasin ustig'a qo'ydum oyog'im, Lomakondin1 xabar oldim, bul makonni na qilay?! Bir Xudodin o'zgasi barcha g'alatdur, Mashrabo, Gul agar bo'lsa qo'lumda, ul tikanni na qilay?! Tasavvufda tan va ruh muammosi ancha jiddiy ko'riladigan masala va muammolar sirasiga kiradi. Zero, tan insonga, ruh esa ilohiyotga daxldordir. Odatda, o'zini anglagan inson ruhida ilohiy sirlardan qisman xabardorlik mavjud bo'ladi. Jonon esa oshiq (solik) qalbida sodir bo'layotgan ilohiy ma'rifat darajasining ortib borishi bilan aloqador. Demak, bu baytda ilohiy ma'rifatga intilmasdan yashash umr mazmunini yo'qqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan. Xuddi mana shu fikr keyingi baytda yana bir pog'ona bal androq pardalarda kuylanadi. Tasavvuf adabiyotida yor, jonon so'zlari ko'pincha ilohiy ma'rifatning oshiq qalbidagi jilolanishini anglatadi. Demak, Makka ziyoratiga borish uchun ham jiddiy tayyorgarlik talab etiladi. Bu talabning asosi ko'ngil pokizaligi, moddiy ehtiyoj va talablardan voz kecha olish, nafs qutqularidan forig' bo'lish, ko'ngil obodligi ustida qayg'urishdir. Bir qarashda jannat va do'zax tushunchalarini inkor etish dahriylik tushunchasi bilan bog'lanib ketganday bo'ladi. Aslida esa unday emas. Diqqat bilan qaralsa, Mashrab do'zax va jann atni boshimga uramanmi deganda yor vasli - ilohiy tajallini ko'r ishni nazarda tutgan. Agar o'sha darajaga yetmaydigan ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
338.55 KB
Ko'rishlar soni
377 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
338.55 KB
Ko'rishlar soni
377 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: pptx