11-sinf Adabiyot fanidan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi dars taqdimoti

11-sinf Adabiyot fanidan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Adabiyot fanidan Boborahim Mashrab hayoti va ijodi dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

BOBORAHIM MASHRAB Mashrab hijriy 1050 (milodiy 1640) yili Namanganda kambag'al kosib Valibobo bo'zchi oilasida tug'ilgan (yangi ma'lumotlarga ko'ra u 1653 yilda tug'ilgan ekan). U otasidan erta yetim qoldi. Boborahim mahalla maktabida savod chiqardi, madrasada o'qidi, mulla Bozor Oxundga murid bo'ldi. Mashrab yoshligidanoq majnuntabiat, qalandarvash, so'fisifat qiyofa kasb etib boradi. 23 yoshlarida Qashqarga - mashhur eshon Ofoqxo'ja huzuriga boradi. She'rlarining guvohlik berishicha, u yetti yil Ofoqxo'ja huzurida bo'lgan. «Mashrab» taxallusini ham unga Ofoqxo'ja bergan. Mashrab pirining bir kanizagani sevib qoladi va buni sezgan Ofoqxo'ja Mashrabni majruh qilib, dargohidan quvib yuboradi. Shundan so'ng shoirning qalandarona hayoti boshlanadi. U Namangan - Xo'jand - Toshkent - Samarqand - Buxoro - Makka -Madina - Istanbul kabi shaharlarni kezadi. Olloh oshig'i bo'lgan Mashrab tasavvufning nAQSHbandiya tariqatiga kirib, qalandarlik yo'lini tutdi. Mansur Halloj izidan bordi va o'shanday o'lishni orzu qildi, g'azallarida tariqat odobi, maqsadi va mazmunini bayon qildi, riyokor va ta'magir shayxlarga «Xudo bersin panoh» kabi g'azallar bitdi, Haq ishqi bilan yondi. «Xalq kitobi» sirasiga kiradigan «Devoni Mashrab» («Shoh Mashrab») qissasida Mashrab hayotiga oid ma'lumotlar keltirilgan. «Shoh Mashrabning odatlari shul erdiki, har yerda go'riston bo'lsa, odamlarni ustuxonlarin ko'rub, yig'lab aytur erdilarki, ey odamizod, oxir o'lub, boshingg'a tushodurg'on ish budur». Bu qissada Xoja Abduxoliq G'ijduvoniy va Ofoq xoja «qutbul - olam» degan ulug' nom bilan atalgan. Mashrab Qabadiyonda So'fi Olloyor bilan uchrashadi, 18 yil ayriliqdan so'ng onasi va singlisi bilan diydor ko'rishgan. U Buxoroda Mavlaviyi Sharifdan «Mushkoti Sharif» tahsilini olgan va Abdullaxonning huzurida bo'lib, uni o'zining karomatlari bilan lol qoldirgan. Mashrab she'rlaridagi lirik qahramon Imodiddin Nasimiyning «Manga sig'ar ikki jahon, man bu jaxona sig'masam», - deguvchi lirik qahramoniga ma'naviy maslakdoshdir. - misralarida ham buni yaqqol qo'rish mumkin. Boborahim Mashrab 1711 yili Balhda hokim Mahmud Qatag'on hukmi bilan dorga osib o'ddirilgan, qabri Ishkonmish degan yerdadir. Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mendadur mavjud, Chu sultoni azaldurmanki, arshi a'loga sig'mamdur Adabiy merosi: «Mashrabman», «Keldi», «Sig'mamdur», «O'rtar», «O'ttum», «Chidayolmas», «Hoh inon, hoh inonma» (Lutfiy g'azaliga tazmin), «Kalandar bo'l, qalandar bo'l» kabi she'rlari, «Mabdai nur», «Kimyo» asarlari va boshq. O'zidan boy adabiy meros qoldirgan Boborahim Mashrab ijodini shartliravishda uch davrga bo'lish mumkin. Ya'ni Namangandagi ilk tahsil davri,Koshg'arda Ofoqxo'ja huzuridagi muridlik yillari hamda sargardonlik: Xuroson, Hind va boshqa o'lkalarga safar davri. Bu vaqtda Mashrab hayotida ro'y bergano'zgarishlar nafaqat shoir shaxsi va dunyoqarashiga, balki ijodiga ham sezilarli ta'siro'tkazgan. Ayniqsa, Sharqiy Turkistonda kechirgan yillari Mashrab hayoti va ijodinio'rganishda katta ahamiyatga ega. Mashrab ruhoniyat kishisi edi. Ustoz va shogirdlik odobini saqlagan Mashrab piri huzuriga qaytib boradi. Manbalarda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 537 marta
Ko'chirishlar soni 91 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 11:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 537 marta
Ko'chirishlar soni 91 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga