«GO'RO'G'LINING TUG'ILISHI» DOSTONI HAQIDA 11-sinf adabiyot darsligi asosida 1-mavzu: Xalq og'zaki ijodining turli-tuman janrlari, ayni paytda, xalqning tasavvuri, ijtimoiy-ma'naviy tafakkuri, dunyoqarashi, urf-odatlari va an'analari, milliy-ma'naviy qadriyatlar ining tarixi va oynasidir. Ayniqsa, dostonlarda bunday imkoniyatlar juda katta. O'zbek xalq dostonchiligida «Go'ro'g'li» turkumi katta o'rin tutadi. Hozirgacha uning tarkibida oltmishdan ortiq doston mavjud. Ularda xalq tarixi, taqdiri, o'tmishdagi hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, diniy, axloqiy- ma'naviy hamda bad iiy-estetik qarashlari o'ziga xos tarzda aks etgan. «Go'ro'g'lining tug'ilishi» - shu turkumning ilk dostoni. Uni ko'plab bahshilar ijro etishgan. Darslikda Muhammad Jomurot o'g'li Po'lkan shoir (1874-1941) varianti berilgan. Unda xalqning juda qadim zamonlardagi badiiy-estetik qarashlari ifodalangan. Shun ing uchun undagi ayrim fakt va motivlar, obraz va ularning talqinlari hozirgi tasavvurlarimizdan keskin farq qiladi. Shunga qaramay, ko'plab folklor asarlarida bo'lgani kabi, bu dostonda ham xalqning olamga va odamga bo'lgan qarashlaridagi o'ziga xosliklar ustuvor mavqe tutadi. Go'ro'g'lining tug'ilishidagi g'ayritabiiylik, uning ilk bolaligi, o'sp irinlik davridagi «g'alati» qiliqlari ana shu o'ziga xosliklar bilan izohlanadi. Ilk asotir va afsonalarning ta'siri, qadimgi tasavvur va e'tiqodlarning ba'zan yorqin, ba'zan xira qoldiqlari tasvirlari zaminidagi ma'nolarni tushunish qiyinroq tuyo'lishi mumkin. Dostonda ko'plab badiiy timsollar yaratilgan. Xalq boshliqlari, oddiy fuqarolar, ko'plab yigitlar, qiz va ayollarning takrorlanmas siymolari zo'r badiiyat bilan ko'rsatib berilgan. Doston voqealari Zargar yurtining podshosi Shohdorxonning Yovmit yurtiga bosqinchilik urushi qilishi bilan rivojlanib boradi. Bu yerda ikki davlat podsholarining, ya'ni Go'ro'g'lining bobosi Odilxon podsho bilan Shohdorxonning o'ziga xos bo'lgan xislatlari yoritiladi. Odilxon podshoning insoniy fazilatlariga qarama-qarshi o'laroq, Shohdorxonning nuqsonlari ko'zga tashlanadi. Shohdorxonning maslahatga quloq solmay, o'ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko'ra bilmasligi ko'plab ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.28 MB
Ko'rishlar soni
893 marta
Ko'chirishlar soni
221 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
6.28 MB
Ko'rishlar soni
893 marta
Ko'chirishlar soni
221 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:06 ]
Arxiv ichida: ppt