11-sinf Mahmud Koshg'ariy - Devonu lug'ot at-turk

11-sinf Mahmud Koshg'ariy - Devonu lug'ot at-turk

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Mahmud Koshg'ariy - Devonu lug'ot at-turk - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 3-mavzu: Mahmud Koshg'ariy DEVONU LUG'OT AT-TURK Asardan parchalar DEVONU LUG'OT AT-TURK «DEVONU LUG'OT AT-TURK» ASARI HAQIDA «Devonu lug'ot at-turk» XI asrda yozilgan bo'lsa-da, unda jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyotining ancha qadimgi davrlarida vujudga kelgan. Ular xalq og'zaki ijodin ing juda qadimiy namunalaridir. Ularda turkiy xalqlarning urf-odatlari, ishonch-e'tiqodlari, marosimlari bilan bog'lanib ketadigan badiiy lavhalar ko'p. Ularning bir qismi bevosita tarixiy mavzularga bag'ishlangan. Alp yer To'nga1 marsiyasi, «Oltin qon» rivoyati, Yabog'u (yobg'u)lar, tangutlar bilan bo'lgan janglar haqidagi parchalar, shuningdek, ayrim shaxs va joylar bilan bog'liq afsonalar shular jumlasidan. Bu yodgorlik vositasida XI asrgacha bo'lgan adabiyotdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lamiz. «Devon»da adabiyotshunoslikka doir anchagina atamalar bor. Muallif hikmatli so'zlar, saj'lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalga n adabiy parchalar haqida gapirib o'tgan. Shuningdek, ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar bergan. Jumladan: Yir - kuy, maqom Ko'pincha bu so'z she'rga nisbatan qo'llanadi. Bu so'z ir tarzida ham talaffuz qilinadi. Qo'shug' - she'r, qasida, qo'shiq. «Devonu lug'ot at-turk» asaridagi xarita «Devon»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini to'rt­liklar tashkil qiladi. Adabiyotda to'rtlik shakliga tayanadigan she'riy janrlar (to'rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba' )ning riv ojlangani ma'lum. Mahmud Koshg'ariy ularni, asosan, qo'shug' yoki she'r deb nomlagan. Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari go'zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini asardagi yetakchi mavzulardir. «Devon»da turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog'liq bo'lgan she'riy parchalar katta o'rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi, mashg'uloti, ishonch-e'tiqodlarining ifodasi juda ochiq ko'rinadi. Ularda turkiy ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.27 MB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.27 MB
Ko'rishlar soni 231 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga