11-sinf Mahmud Koshg'ariy hayoti va ijodi

11-sinf Mahmud Koshg'ariy hayoti va ijodi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Mahmud Koshg'ariy hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 2-mavzu: Mahmud Koshg'ariy (XI asr) XI asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san'ati rivojlanishining yangi pallasi boshlanadi. Bu davrda Qoraxoniyl ar davlati amalda ancha mustahkamlanib olgan, Buxoro, Samarqand, Shosh (Toshkent), Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan edi. 992-yilda qoraxoniylar Buxoro va Samarqand kabi poytaxt shaharlarni egallaydi. Ammo ular bu shaharlarni o'zlariga poytaxt qilmadi. Qoraxoniylarning poytaxt shaharlari Isfijob (Sayram), O'tror, Shosh, Bolasog'un, Xo'tan bo'lib, ularning davlati Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini o'z ichiga olgan edi. Qoraxoniylar davlati Xorun, Bug'raxon, Tamg'ochxon va Ibrohim Bo'ritegin davrlarida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishga erishgan. Qoraxoniylar davrida Bolasog'un, Sayram, Shosh, Taroz shaharlarida ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to'plangan. Mahmud Koshg'ariy Bolasog'un shahrida dunyoga keladi. Mahmudning ilk ustozlaridan biri qashqarlik Husayn xalifadir. So'ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'doddagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan. «Devonu lug'ot at-turk» Mahmud Koshg'ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru - merosdir. Bu asarda olim turkiy tildagi so'zlar ma'nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa xalq tilida mavjud namu- nalarga murojaat etadi. Muallifning: «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, saj' (qofiyali nasr)lar, maqol­lar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq bo'lgan she'r turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo'llanib kelgan she'rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llanadigan hikmatli so'zlardan, maqollardan kel tirdim», - deyishi bejiz emas. «Devonu lug'ot at-turk» asari 1072-yilda yozila boshlagan. Ammo unga kirgan materiallar 15-20 yillar davomida to'plangan. Mahmud Koshg'ariyning o'zi: «Men turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.11 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 31 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga