MUSTAQILLIK DAVRI NASRIDAN NAMUNA 11-sinf adabiyot darsligi asosida 27-mavzu: MUHAMMAD ALI O'zbekiston xalq yozuvchisi (1942 yilda tug'ilgan) SOHIBQIRON O'YLARI («Ulug' saltanat» epopeyasi to'rtinchi kitobidan parcha) Zamona arg'umog'i poygada yutib chiqishga otlangan uchqur samanday shiddat bilan olg'a chopadi. Faqat uning samandan farqi bor: samanni chavandoz boshqaradi, bu arg'umoqning esa chavandozi, egar-yugani yo'q, yaydoq, bir o'zi, boshi og'gan tomonga chopadi, oyog'i tashlangan yerga tushadi. U birovni mindirish u yoqda tursin, yoniga ham yo'latmaydi, har qanday saman horib-toladi, arg'umoq esa ne-ne asrlar, yillar o'tibdirki, charchash nimaligini bilmaydi, to'xtamasdan yelgani yelgan Uni «Vaqt» deb atardilar. Sohibqiron o'zini ana shu purqudrat Vaqt bilan bahs boylashishga qodir deb hisoblar, uning bilan birga chopishga tirishar, ortda qoldirib ketishni o'ylardi. Chindan ham, u Vaqtdan o'zg'irlik qilganday edi: keyingi to'rt yil mobaynida baland Hindikush tog'idan oshib o'tib Hindistonni fath ayladi Qo'shinlarni Oqshahar tomonga yuborishga farmon qilgandan keyin Amir Temur xushmanzara Egridir ko'li sohilida biroz istirohat etmoqchi bo'ldi. Serdaraxt joylar unga yoqib qoldi. Shimolga qarab yoyilgan zilol suvli ko'l xoriqulodda1 fayzli va go'zal edi. Darhol shohchodir tikdilar, ipak ko'rpachalar tashlangan shoxona so'rini shundoqqina ko'lning bo'yiga olib tushdilar. Kunbotish tomonda, sohildan ichkariroqda kichik malika To'kal xonimning, ikki yonda esa kanizaklarning saropardalari joylashdi. Yigirma ikki yoshli kichik malika har kuni uyqudan turganlarida kanizakdan suv to'la oltin obdastani olib o'zi Sohibqiron qo'llariga quyib beradi. Odatda, Sohibqiron saharlarda so'rida parqu bolishga yonboshlagancha, tong otishini kuzatardi. Oldindagi yastanib yotgan tiniqlashib borayotgan poyonsiz shaffof ko'lga boqarkan, Sohibqironning bahri-dili ochilar, baxmalrang suvlarning yoqimli rangi xiralasha boshlagan ko'zlariga quvvat bag'ishlardi. Kunchiqish tomonga qarab cho'zilgan, ko'lga chiroyli yoqaday yarashgan, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
786.74 KB
Ko'rishlar soni
356 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
786.74 KB
Ko'rishlar soni
356 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: ppt