11-sinf adabiyot darsligi asosida 8-mavzu: Nosiruddin Rabg'uziy SHE'RLARI HAQIDA «KUN HAMALGA KIRDI» Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro'zi, Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi. Kun kelu ming ko'rki ortib tirilur o'lmish jahon, Tong badizlab nAQSHi birla bezanur bu yer yuzi. O'rlasa bulutlari gulchirar bog'-u bo'ston, Tol yig'ochlar yeng solishur o'ynayurtek qo'y-qo'zi. . Lola sag'roqin icharda sayrar usrub sanduvach, Turna un tortib o'tarda sakrashur baqlan, qo'zi. Ko'kda o'ynar, qo'l solishur qug'u, qoz, qil, qarlug'och, yerda yugrub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi. Tol yig'ochlar minbarinda to'ti qush majlis tutar, Qumri, bulbul muqri bo'lub un tuzar tun-kunduzi Huri ayn1 ujmoh ichinda yeng solib tahsin qilur, Yoz uza mundog' g'azallar aymishda Nosir Rabg'uziy. RABG'UZIY SHE'RLARI HAQIDA Nosiruddin Rabg'uziy mahoratli nosirgina emas, noziktab shoir hamdir. «Qisasi Rabg'uziy»dagi qissa va hikoyatlar orasida o'nlab she'rlar ham mavjud. Bahor vasfiga bag'ishlangan birinchi o'zbek g'azali ham Rabg'uziy qalamiga mansub. Jumladan, bahor haqidagi she'r shunday boshlanadi: Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro'zi, Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi. So'ng olamning go'zal bir manzara kasb etgani, atrofning, go'zallashgani tavsiflanadi: Kun kelu ming ko'rki ortib tirilur o'lmish jahon, Tong badizlab nAQSHi birla bezanur bu yer yuzi. Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o'xshatishlar asosiy o'rin tutadi. Muhimi, ularda Rabg'uziyning tasavvur kuchi va badiiy mahorati ochiq ko'rinadi. Haqiqatan ham, bu o'zbek adabiyotdagi ilk g'azaldir. Rabg 'o'z iy g'azalning barcha shaqliy-badiiy talablarini mukammal darajada ado etgan. Matla'dan to maqta'gacha navro'z mavzusi vasf etiladi. Qofiyalarda qo'llanilgan so'zlar esa turkiy til tarovatini ko'rsatuvchi omillardan biri bo'lgan: navro'zi, buzi, yuzi, yozi, ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.77 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.77 MB
Ko'rishlar soni
271 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:07 ]
Arxiv ichida: ppt