11-sinf Nosiruddin Rabg'uziy

11-sinf Nosiruddin Rabg'uziy

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Nosiruddin Rabg'uziy - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 7-mavzu: Nosiruddin Rabg'uziy (XII asr ikkinchi yarmi - XIV asr boshlari) Rabg'uziy turkiy yozma adabiyot tarixida alohida mavqe qozongan adibdir. Uning asl ismi Nosiruddin bo'lib, Xorazmning Raboti O'g'o'z degan joyida tug'ilgan. Adib «Qisasi Rabg'uziy» (hijriy 710, milodiy 1309-1310-yillar) asarining muqaddimasida otasi Burhoniddinning O'g'o'z Rabotining qozisi bo'lganligini aytib o'tadi. Asardagi: «bu kitobni tuzgan, toat yo'lida tizgan, ma'siyat (shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh) yobonin kezgan, oz ozuqlug', ko'p yozuqlug' Rabot o'g'uzining qozisi Burhon o'g'li Nosiruddin», - deyilgan qaydlar buning dalilidir. Asar Nosiruddin To'qbo'g'aning topshirig'i asosida yozilgan. Muallif uni « yigitlar arig'i (poki), ulug' otlig', qutlug' zotlig', ezgu xulqlig', islom yorig'liq, mo'g'ul sanilig', musulmon dinlig', odamiylar inonchi, mo'minlar quvonchi, himmati adiz (yuksak), aqli tengiz beg» deb ta'riflaydi. Nosiruddin To'qbo'g'abekka bag'ishlangan she'riy madhiyada uning «ortug' yaroqlig' siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko'rklug sifatlig' surati», «tuz so'zlayur so'zni uqa» singari sifatlari keltiriladi. Rabg'uziy yirik shoir va adib bo'lishiga qaramasdan, uning boshqa asarlari haqida ma'lumotlar mavjud emas. QISASI RABG'UZIY (asardan parchalar) Uzum hikoyati Hikoyat kelturubdurlarki, shaytoni mal'un uzumni urug'ini o'g'irladi. Hech vajh bila topolmadilar. Hamma hayvonlardan so'rdilar. Hech qaysisi bilmadi, oxiri shaytonni tuttilar. Shayton aydi: «Uzumg'a uch marta suv quymoqni manga bersangiz, topib beray», - dedi. Nuh alayhissalom qabul qildilar. Uzumni urug'ini topib berdi. Vaqtiki kemadin chiqdilar, barcha urug'ini ektilar, uzumni uch suvini shaytoni layin sug'ordi: avval to'lqini qoni birla, andin sherni qoni birla, andin to'ng'izni qoni birla sug'ordi. Aning bergan suvidin chog'ir1 bo'ldi, har kim chog'ir ichsa, avval tulki bo'lub, ko'rmagan kishi birla do'stluq og'oz qilur. Andin mast bo'lg'onda yo'lbarsdek bo'lur, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.05 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.05 MB
Ko'rishlar soni 192 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga