11-sinf Rashod Nuri Guntekin Choliqushi

11-sinf Rashod Nuri Guntekin Choliqushi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Rashod Nuri Guntekin Choliqushi - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 32-mavzu: RASHOD NURI GUNTEKIN «CHOLIQUSHI» ROMANIDAN OLINGAN PARCHA HAQIDA Aziz o'quvchi, siz taniqli turk adibi Rashod Nuri Guntekinning «Choliqushi» romanidan olingan parchani o'qib chiqdingiz. Parcha romanning boshlanish qismidan tanlangan. Guvohi bo'lganingizdek, romanning bosh qahramoni - Farida. Barcha voqea-hodisalar uning tilidan bayon qilinadi. Faridaning dard-u alamlari, quvonchlari, iztiroblari - barcha qalb kechinmalari o'quvchi yuragidan joy oladi. Roman boshlanishida Farida es-hushini tanigan kunlardagi kayfiyatni, atrof-muhitga, odamlarga, yaqinlariga munosabatlarini bayon etadi. Fransuz tili muallimasi Aleksi opaning taklifiga ko'ra boshqa tengdoshlari kabi u ham bolalik xotiralarini yozadi: «Men baliqlar singari ko'l ichida tug'ilganga o'xshayman. Onamni es-es bilaman Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda Bir kun meni ko'chada quvgan qora laychani Bir kun to'la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog'imni chaqib olgan arini Ko'zim og'riganda tomizilgan qizil dorini Mehribon Husayn bilan Istanbulga kelganimizni Ha, shularga o'xshash ko'p narsalarni eslayman Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas Faridaning bu inshosi boshqa o'quvchilarga ham o'qib eshittiriladi. Mazkur parchadagi tasvirlar, birinchidan, roman muallifining o'z qahramonini boshqalardan ajratib ko'rsatishi, ikkinchidan, ochiq ko'ngil, to'g'riso'z, badiiy tafakkur tarziga ega ekanini boshidanoq ma'lum qilishi uchun zarur edi. Faridaning o'z e'tirofiga ko'ra: «Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim», - deb yozad i u. Roman Faridaning shu «boshqacha»ligi tafsilotlari asosiga qurilgandir. Ayniqsa, Faridaning maktabdagi o'qish yillari va shu muhitda turli sarguzashtlarni boshidan kechirgani, ba'zan turli qiziqchilik uchun atay hazillar boshlashlari - bularning barcha-barchasi roman sahifalari miqdori ko'paygan sari o'quvc hining ushbu shaddod qahramon to'g'risidagi tasavvurini to'ldirib, yaxlitlashtira boradi. Bolalik va yoshlikning beg'ubor damlaridagi yoshgina qizning birovlar xayoliga kelmagan ishlarga bosh urishi, deylik, daraxtlar ustida bamisoli chaqqon mushukdek shoxdan shoxga sakrab o'tishlari obraz tabiatining individualligini namoyon qiladi. Muallifi sekin-asta Faridani romanning asosiy motivi bo'lgan ishq-muhabbat yo'nalishiga yo'naltira boradi. Faridani bo'lasi Komron bilan uchrashtiradi. Hamma bolalar bilan bemalol janjal-g'avg'olar ko'taradigan Farida Komronga yo'liqqanida boshqacha bo'lib qoladi, hamma bolalarga qiladigan qiliqlarini qila olmaydi. «Qarindosh bolalar orasida faqat bittasidan tortinar, o'shandangina hayiqar edim. U Basima xolamning o'g'li Komron edi. Ammo uni bola deyish uncha to'g'ri kelmaydi. Avvalo, yoshi mendan ancha ortiq, qolaversa, juda odobli, vazmin. Bolalarga qo'shilishni yoqtirmaydi. Qo'llarini cho'ntaklariga suqib olib, yo dengiz bo'yida o'zi yolg'iz aylanib yuradi, yo bo'lmasa daraxtlar soyasida kitob o'qib o'tiradi. Komronning sochlari jingalak, sarg'ish yuzi esa nozik, oppoq, yarqiroq. Shunchalar yarqiroqki, yuragim chopsa-yu, quloqlariga yopishib olib, yaqindan betlariga qarasam, xuddi oynadagi kabi o'zimni ko'rishimga isxonaman». Adib shu zaylda Komronning tabiati va tashqi qiyofasi - portretini Faridaning qalami bilan chizib ko'rsatadi. Albatta, bu qiyofa, tasvirlar Faridaning qalb oynasiga solib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 412 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.5 MB
Ko'rishlar soni 412 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga