11-sinf Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodi

11-sinf Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Rashod Nuri Guntekin hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

RASHOD NURI GUNTEKIN (1889-1956) 11-sinf adabiyot darsligi asosida 31-mavzu: XX asrdagi mashhur turk yozuvchilaridan biri Rashod Nuri Guntekin 1889-yil Istanbulda tug'ilgan. Istanbul universitetining turk tili va adabiyoti bo'limini tamomlagan (1912). XX asrning 20-yillarida uning bir qancha hikoyalari bosilib chiqadi. Katta epik janrga qo'l urgan yozuvchi dastlab «Sirli qo'l» (1921) romanini yozadi. Keyinchalik «Xazonrezgi», «Tamg'a», «Yashil tun» nomli romanlari nashr qilinadi. Ammo dunyo adabiyotida Rashod Nuri Guntekin «Choliqushi» (1922) romani bilan shuhrat qozondi. Adibning bu romani Mirzakalon Ismoiliy tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan (1959). Rashod Nuri Guntekindan ko'plab hikoyalar, roman va dramatik asarlar meros bo'lib qoldi. Turkiyada adibning yigirma to'rt jilddan iborat asarlari bosilgan (1958-61). Adib 1956-yilda vafot etgan. CHOLIQUSHI (Romandan parcha) To'rtinchi sinfda edim. Yoshim o'n ikkilarda bo'lishi kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. «Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko'raylik-chi, nimalarni eslar ekansizl ar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo'ladi», - degan edi u. Hech esimdan chiqmaydi: sho'xligimdan, sergapligimdan bezor bo'lgan murabbiyalarim meni o'rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o'tqazib qo'yishgan edi. Mudira aytgandek, men «dars paytida qo'shnilarimni gapga tutmaslikni, o'qituvchimizning so'zlarini odob bilan tinglashni o'rgangunimga qadar» u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim. Bir yonimda kattakon yog'och ustun bor: nimaiki qilinsa pinagini buzmaydigan va ora-sira pakkimning uchi bilan u yer-bu yeriga ozor berganimda mardona chidab turadigan vazmin, uzun, gung qo'shni… Aleksi opa vazifani tushuntirib bo'lgandan so'ng bizni yozishga qo'yib berdi. Oldingi partalarga husn berib turgan og'ir tabiatli peshqadam o'quvchi qizlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi. Ularning yonida o'tirmasam ham, nimalar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.85 MB
Ko'rishlar soni 343 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 4.85 MB
Ko'rishlar soni 343 marta
Ko'chirishlar soni 41 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga