11-sinf Rauf Parfi she'rlari haqida

11-sinf Rauf Parfi she'rlari haqida

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Rauf Parfi she'rlari haqida - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 25-mavzu: RAUF PARFI she'rlari haqida XX asr o'zbek adabiyoti tarixida o'zining betakror she'rlari bilan o'ziga munosib o'ringa ega bo'lgan shoirlardan biri Rauf Parfidir. Rauf Parfi she'riyat maydoniga XX asrning 60-yillarida kirib keldi. Birinchi kitobi «Karvon yo'li» deb nomlanadi. Ta'kidlash lozimki, shoirlar uchun birinchi kitob juda muhim bo'ladi. Shoir ahli o'zlarin ing birinchi kitoblari bilan o'quvchilarini topishi yoki, aksincha, yo'qotishi ham mumkin. Rauf Parfi taqdiriga she'riyat muxlislarining suyukli shoiri bo'lishdek baxt bitilgan edi. «Rauf Parfi she'riyati» degan ta'birning o'ziyoq shoirning adabiy merosi, go'zal she'rlari, ijodining umumpafosi to'g'risida mulohazalar yuritishga undaydi. Shoir she'rlarida Vatan, ona, inson, tabiat mavzulari yetakchilik qiladi. Muhtaram o'quvchi! Siz shoirning ulkan ijodiy merosining bir qismidan bahra oldingiz. «Tong otmoqda», «Yomg'ir yog'ar», «Yoz kechasi», «Yana qaytib keldim», «Yurak» she'rlari ijodkorning nechog'li favqulodda iste'dod sohibi ekanligidan, tabiat lirikasi bilan inson «men»i uyg'un va hamohang shaklda tarannum etilganidan darak berib turibdi. «Tong otmoqda» she'rida shoirning umidlari, yorqin tuyg'ulari ifodasini topgan. E'tibor berilsa, bunda quy osh zambarakka, uning zarrin nurlari o'qlarga qiyoslangan. Quyoshdan tinimsiz o'qlar yog'iladi go'yo. Aslida, bu o'xshatish bejiz emas. Fizik qonuniyatlarga ko'ra, nurning zarralar ko'rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o'sha zarralar oqimi - o'qlardan yaralangandek ko'rinadi. Keyin shoir nigohi tabiat hodisasidan insonlarga ko'chadi. Har kuni saharda uyg'ongan odam musaffo tong bilan qarshilashadi. Tong pokizaligi odamlar yuragiga ko'chadi. Bu she'rning juda sodda zohiriy ma'nosini shunday tahlil qilish mumkin. Ammo Rauf Parfi she'rlari bir marta o'qib qo'yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she'rlar sirasiga kirmaydi. Shoir o'z qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.45 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.45 MB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga