11-sinf Yusuf Xos Hojib - Qutadg'u bilig

11-sinf Yusuf Xos Hojib - Qutadg'u bilig

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Yusuf Xos Hojib - Qutadg'u bilig - rasmi

Material tavsifi

11-sinf adabiyot darsligi asosida 6-mavzu: «QUTADG'U BILIG» DOSTONI HAQIDA YUSUF XOS HOJIB «Qutadg'u bilig»ning Qohira muzeyida saqlanayotgan qo'lyozma nusxasi «Qutadg'u bilig» - qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim demakdir. Bu asarning maydonga kelishi nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma'naviy ehtiyoj bilan bog'liq. Ijtimoiy-siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma'naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. U o'sha paytdagi Qoraxoniylar davlatining falsafiy-axloqiy yo'riqnomasi sifatida paydo bo'lgan. Adib asarida turkiy xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va qudratini ko'rsatib bera olgan. Asar voqealari unchalik murakkab emas. Ular ramziy qahramonlarning hayotiy faoliyati va ularning o'zaro suhbatlari asosiga qurilgan. Siz yuqorida dostondan olingan parchalar bilan tanishdingiz. Ulardan ma'lum bo'ldiki, Kuntug'di degan podsho o'z adolati, qonun ustuvorligi, yurt osoyishtaligi, farovonlikni ta'minlagani bilan shuhrat qozonadi. Oyto'ldi degan yana bir donishmand yig it bu ovozalarni eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi. Ular birgalikda mamlakatni boshqarib, budun - xalqni idora qila boshlashadi. Mamlakatning daxlsizligi, uning ravnaqi faqat budun bilandir. Xalqning qanday bo'lishi mamlakat boshlig'iga to'la bog'liqdir. «Qutadg'u bilig»da mamlakat boshlig'i - hukmdor «elig» yoki «bek» deb yuritiladi. Alohida ta'kidlash joizki, qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq bilan birga tasavvur etilgan. Ushbu tushuncha «el» so'zi bilan ifodalanadi. Bu so'z faqat xalqni emas, balki mamlakat, o'lka, davlat (saltanat), yurt tushunchalarini ham ifodalaydi. Uning «kun» so'zi bilan birga kelishi «el-u xalq», «yurt», «mamlakat», «vatan» tushunchalariga teng keladi. Asarda to'rtta yetakchi qahramon bor: Kuntug'di - elig (hukmdor) - Adolat timsoli. Oyto'ldi - vazir - Davlat timsoli. O'gdulmish - vazirning o'g'li (otasining vafotidan keyin vazir) - ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.6 MB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 5.6 MB
Ko'rishlar soni 222 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga