11-sinf adabiyot darsligi asosida 5-mavzu: Yusuf Xos Hojib jahonning ulug' adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo'shgan ijodkordir. Adibning nodir iste'dodi natijasi bo'lgan «Qutadg'u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarix idagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o'gitnoma - didaktik yo'nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi. Adib haqidagi ma'lumotlar, asosan, dostonning o'zidagina saqlangan. U o'zi tug'ilgan joyni Quz O'rdu deb ko'rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi - Bolosog'unning ko'plab nomlaridan biridir. Hozirgi Qirg'izistonning To'qmoq shahri yaqinida uning xarobalari saqlanib qolgan. Adib Bolosog'undan Qashqarga ko'chib borgan. Dostonni shu yerda tugatgan. Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori («Tegurdi manga algi ellik yashim») bo'lgan. Har holda u «(qora) quzg'un tusiteg boshim (sochlarim) qug'u (oqqush)» bo'ldi deb ta'kidlaydi. Yana bir o'rinda «O'ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo'l tegizsa, nimalar qilar ekan?» degan qayd ham borki, bular asar yozilib bo'lgan chog'larda muallifning ellikni to'ldirib, oltmishga yaqinlashib qolganini ko'rsatadi. Kitob so'ngida ilova qilingan qasidalarda ham qiziqarli ma'lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan: asar yozilgan muddat («Tugal o'n sakkiz ayda aydim bu so'z»), yozib tugatilgan sana («Yil altmish eki erdi to'rt yuz bila»), shuningdek, o'z nomining keltirilishi («E Yusuf, kerak so'zni so'zla ko'ni», ya'ni «Ey Yusuf, kerak so'zni ro'yi rost so'zla») shu siraga kiradi. Umumiy hajmi olti ming olti yuz baytdan ortiq bo'lgan dostonning bir yarim yilda yozilishi adibning juda katta tajribasi va ulkan mahoratidan dalolatdir. Asar ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.47 MB
Ko'rishlar soni
478 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
13.47 MB
Ko'rishlar soni
478 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: ppt