ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR G'AZALLAR 11-sinf adabiyot darsligi asosida 12-mavzu: «Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim» Xazon yaprog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ordim, Ko'rub rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrayi zardim. Sen, ey gul, qo'ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayoqingg'a tushub, bargi xazondek muncha yolbordim. Latofat gulshanida gul kibi sen sabz-u xurram qol, Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim. Xazondek qon yoshim, sorig' yuzumdin el tanaffurda, Bahar rangi, bihamdillah, ulusdin o'zni qutqordim. Ne tole'dur mangakim, axtari baxtim topilmaydi, Falak avroqini har nechakim daftardek axtardim. Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur, Bu olamda o'zumni chun yamon-yaxshidin o'tkardim. «Xazon yaprog'i yanglig'» g'azali Bobur she'riyatining eng yaxshi namunalaridan biridir. Undagi badiiyat nihoyatda go'zal va ta'sirchan shaklda namoyon bo'lgan. She'rda tanosub san'atin ing juda go'zal va yorqin namunasi mujassamlashgan. Dastlabki baytda kuz manzarasining o'ziga xos belgilari aks etgan. Xazon yaprog'i kuzning o'ziga xos timsolidir. Bu bejiz emas. Gap ayriliq ustida bormoqda. Mumtoz she'riyatimizda shodlik, visol ko'pincha bahor bilan bog'liq holda tasvirlanadi. Shunga ko'ra, Boburning ayriliq onlarini kuzga bog'lab berishi tasodifiy emas. Xuddi shuning uchun ham oshiq «sarg'ardim» deydi. Uning sarg'ayishi xazon yaprog'iga o'xshaydi. Kuz manzarasida alohida urg'u bilan ko'rinadigan boshqa bir manzara ham bor. Bu yor bilan bog'liq manzaralar. Yorning ko'rinishida kuzga yaqinlik mutlaqo mavjud emas. U - gul yuz. Yorning mana shunday holati yana bir marta alohida ta'kidlanadi. Unga murojaat (ey lolarux) shu holatni yuzaga chiqaradi. Bu yerda asosiy urg'u yorni tavsiflashga emas, balki oshiqning o'z ruhiyatini ifodalashga qaratilgani uchun ham lirik qahramon o'z tashqi qiyofasiga e'tiborni tortadi - o'z «chehrayi zardi - ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 10:36:13
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.16 MB
Ko'rishlar soni
526 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
03 Aug 2022 [ 10:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
8.16 MB
Ko'rishlar soni
526 marta
Ko'chirishlar soni
34 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:08 ]
Arxiv ichida: ppt