11-sinf Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi

11-sinf Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi - rasmi

Material tavsifi

Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) «Bobur fe'li-sajiyasiga ko'ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir». Eduard Xolden Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo'lib qo'shildi. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Farg'ona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, ika-ukalar, tog'a-jiyanlar, amakivachchalar o'rtasida hokimiyat - ulug' bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi. Adabiyot, nafis san'at, tabiat go'zalligiga yoshligidan mehr qo'ygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida, yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning sertashvish yoshligi uzoqqa cho'zilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi o'rniga Farg'ona ulusining hokimi etib ko'tarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, tog'asi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur bo'ldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga - Farg'ona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va o'zi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirg'in-barotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch bilan qatnashgan Shayboniyxonning qo'li baland keldi va Bobur Samar­qandni tashlab ketishga majbur bo'ldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qo'lga kiritgandan so'ng, Bobur janubga qarab yo'l oldi va Kobul ulusida o'z hokimiyatini o'rnatdi. 1505-1515 yillarda u Markaziy Osiyoga qaytishga bir necha bor urinib ko'rdi. Ammo bu urinishlardan hech qanday natija chiqmadi. So'ng o'z mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519-1525 yillar davomida Hindistonni qo'lga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi. 1526 yil aprel oyida Panipatda Hindiston sultoni Ibrohim Lo'di bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan bo'lgan janglarda Boburning qo'li baland keldi. Tarixiy ma'lumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi bo'lgan Panjob hokimlari ham Boburni qo'llaganlar va Sikri jangidagi bu g'alaba Boburga Hindistonda o'z hukmronligini uzil-kesil o'rnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.95 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 12:50 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.95 MB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga