Логотип 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 3-mavzu Hujjat hosil qilish va saqlash Matnli hujjat tayyorlash uchun, avvalo, yangi sahifa (ish sohasi) hosil qilinadi. 1) Ishga tushirilgan dastur nomi bilan yangi hujjat hosil qilishni taklif etadi; 2) Fayl menyusidan Hosil qilish (Создать) buyrug'i tanlanadi. Natijada matn terish uchun yangi sahifa hosil bo'ladi. Microsoft Word matn protsessorida yangi sahifa hosil qilish, masalan, quyidagilardan biri asosida amalga oshirilishi mumkin: Matn gaplardan, gaplar so'zlardan, so'zlar esa harflardan tashkil topadi. Bundan tashqari, matnda tinish belgilari va maxsus belgilar ham ishlatiladi. Bu belgilarning hammasi klaviaturada mavjud. Shu sababli mazkur klavishlarning klaviaturada joylashish tartibini qanchalik yaxshi bilsangiz, matn terish ham shunchalik oson bo'ladi. Buning uchun kerakli belgili klavishlarni ketma-ket bosish kifoya. Bosilgan klavishga mos belgi ish sohasining yurgich ko'rsatib turgan yeriga yoziladi va yurgich bir belgi o'ngga suriladi. Ba'zi klavishlar ustiga bir nechta belgi tasviri tushirilgan bo'ladi (5-sinf). Bu tasvirlar, odatda, yoki harfl arni, yoki maxsus belgilarni ifodalaydi. Masalan: Bu klavishlardan biri bosilganda, unda tasvirlangan harf yoki maxsus belgilardan qaysi biri hujjatda aks etishi klaviatura ishlayotgan til holatiga bog'liq. Masalalar panelining o'ng tomonida joylashgan til panelida aks etadi. Til panelida yuqoridagi 3 til holatiga mos yoki , yoki tugmalaridan biri aks etib turadi. Klaviatura til holatlaridan tashqari «quyi registr» yoki «yuqori registr » holatlaridan birida bo'ladi. Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, klaviatura quyi registr holatida bo'ladi. Quyi registr holatida klavish bosilganda til holatiga mos ravishda alifboning kichik harfl ari yoki klavishning quyi qismida aks etgan maxsus belgi ekranga chiqariladi. Belgilarni yuqori registr holatida ekranga chiqarish uchun ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
206 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx