Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 12-mavzu Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi - bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar joylashtirish ham mumkin. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (3 · 4=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz: Rasmi 1. 2. 3. Ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat, uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi. Qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'lib boradi. Jadval joylashtirish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Jadval (Таблица) guruhidan Jadval tugmasi tanlanadi. Ochilgan tanlov oynasi quyidagi imkoniyatlarni tavsiya etadi: Jadval joylashtirish (Вставка таблицы) bo'limidan sichqoncha ko'rsat kichini 3 ta ustun va 4 ta satr ustida siljitib (belgilab) tanlaymiz va chap tugmasini bosamiz. Jadval joylashtirilsin (Вставить таблицу…) tugmasini tanlaymiz. Ochil gan Jadval joylashtirish (Вставка таблицы) muloqot oynasida ustun sonini 3, satr sonini 4 kabi tanlaymiz. Birinchi satr kataklariga, odatda, ustunlarda joylashgan ma'lumotlar uchun sarlavhalar, birinchi ustunga esa tartib raqamlari yoziladi. Jadval kataklari ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. Buning uchun yurgich sichqoncha yordamida kerakli katakka joylashtiriladi va zaruratga qarab Tab yoki yo'nalish klavishlari yordamida boshqa kataklarga o'tiladi. Jadvaldagi ma'lumotlarning hajmiga qarab ustunlarning kengligi o'zgartiriladi. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chegara chizig'iga olib kelinadi. Jadval katagiga yurgich joylashtirilgach Jadval bilan ishlash (Работа с таблицами) kontekst-menyusi faollashadi. Bu kontekst-menyu 2 ta Konstruktor (Конструктор) ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.26 MB
Ko'rishlar soni
222 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx