Логотип 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 9-mavzu Hujjatlarda rasmlar bilan ishlash Ayrim hujjatlarni tayyorlashda jadval va rasmlardan ham foydalaniladi. Jumladan, qo'lingizdagi darslik sahifalarida ham turli rasm va jadvallar mavjud. Gazeta, jurnal yoki kitob sahifalarida bunday holni ko'p uchratgansiz. Rasm joylashtirish imkoniyati Matn mazmunini boyitish maqsadida hujjatga rasmlar yoki fotosuratlar joylashtirish mumkin. Buning uchun avval yurgich rasm joylashtirilishi kerak bo'lgan joyga o'rnatiladi, so'ng Joylashtirish (Вставка) tasmasining Illustratsiyalar (Иллюстрации) guruhiga murojaat qilinadi. Kolleksiyadagi suratni hujjatga joylashtirish Kolleksiyadagi suratlarni hujjatga joylashtirish uchun Illustratsiyalar (Ил- люстрации) guruhidagi Surat (Картинка) tugmasi tanlangach oynaning o'ng qismida surat va eskizlarni tanlash uchun vazifalar sohasi ochiladi. Odatda, vazifalar sohasining Obyektlarni qidirish (Искать объекты) tanlov may-donchasida Barcha multimedia fayllari (Все файлы мультимедиа) aks etib, dastur tomonidan joylashtirilishi ko'zda tutilgan illustratsiyalar va fotosuratlar tanlangan bo'ladi: Vazifalar sohasidagi Boshlash (Начать) tugmasi tanlanganda kolleksiyadan tanlangan turlarga mos barcha suratlar eskizlar ko'rinishida aks etadi. Surat joylashtirish uchun eskizlarni varaqlab, sichqoncha yordamida keraklisi tanlanishi kifoya: MS Word kolleksiyasidagi suratlar mavzular bo'yicha guruhlarga bog'langan bo'lib, bu bog'lanishni sichqoncha ko'rsatkichi eskizga yo'naltirilganda aks etgan izohdan (yuqoridagi rasmda mavzu: дома, здания, озера, реки) ko'rish mumkin. Bu kabi guruhlash biror mavzu bo'yicha rasmlarni izlash imkoniyatini beradi. Quyidagi rasm tanlov maydonchasiga kasb (профессия) mavzusi kiritilishi asosidagi izlash natijasini aks ettirgan (Искать: профессия): Hujjatga rasmni fayldan joylashtirish Hujjatga xotiradagi (kompyuter asosiy xotirasidagi yoki tashqi xotiralardagi) rasmli fayllar va fotosuratlar joylashtirish uchun Illustratsiyalar (Иллюстрации) guruhining Rasm (Рисунок) tugmasi tanlanadi. Ochilgan Rasm joylashtirish (Вставка рисунок) muloqot oynasi yordamida kerakli fayl belgilanadi (Paint dasturida rasmni ochish imkoniyatlarini eslang). Kerakli rasm fayli ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.75 MB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.75 MB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx