Hujjatlarning asosiy parametrlari 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 5-mavzu Word matn protsessorida ish boshlaganda avval hujjatning ko'rinishini ko'z oldimizga keltirishimiz kerak. Chunki, hujjatning ko'rinishiga qarab qog'oz o'lchami, sahifa yo'nalishi, satrlar orasidagi masofa avvaldan belgilab olinadi. Matn protsessorlarida tayyorlanayotgan hujjatning turiga qarab sahifa parametrlari va matn parametrlari (shrift, abzas) belgilab olinadi. Ular hujjat parametrlari (xususiyatlari) deb yuritiladi. Hujjatning sahifa parametrlari, asosan, hujjatni chop etish maqsadlaridan kelib chiqib tanlanadi. Sahifa parametrlarini tanlashni ko'rinishi quyida aks ettirilgan Sahifani belgilash (Разметка страницы) tasmasi yordamida amalga oshirish qulay: Bu tasmaning Sahifa parametrlari (Параметры страницы) bo'limidagi Hoshiyalar (Поля) tanlov ro'yxatidan hoshiya o'lchamlarini belgilash, Oriyentatsiya (Ориентация) tanlov ro'yxatidan sahifaning (kitob yoki albom) yo'nalishini belgilash, O'lcham (Размер) tanlov ro'yxatidan qog'oz o'lchamlarini belgilash, Ustun (Колонки) tanlov ro'yxatidan sahifadagi ustunlar sonini belgilash mumkin: Agar sahifaning to'liq parametrlarini qarab chiqish zarur bo'lsa, u holda Sahifa parametrlari (Параметры страницы) muloqot oynasi ochiladi. Bu muloqot oynasi Sahifani belgilash tasmasining Sahifa parametrlari mantiqiy guruhidagi tugmasi yordamida ochiladi. Muloqot oynasining qatlamlaridan tanlangan parametrlar kuchga kirishi uchun muloqot oynasidagi «OK» tugmasi (sichqoncha yordamida) tanlanadi yoki Enter klavishi bosiladi. Hoshiya kengligini gorizontal va vertikal chizg'ich yordamida o'zgartirish imkoniyati ham bor. Chizg'ichlar esa Ko'rinish (Вид) tasmasining Aks ettirish (Показать) mantiqiy guruhidan Chizg'ich (Линейка) obyekti tanlangach aks etadi. Sahifani yanada go'zal va qiziqarli ko'rsatish uchun sahifa foni rangi va chegaralari o'zgartirilishi mumkin. Buning uchun Sahifani belgilash (Разметка страницы) tasmasining Sahifa foni (Фон страницы) bo'limidagi Sahifa rangi (Цвет страницы) va Sahifalar chegaralari (Границы страниц) imkoniyatlaridan foydalaniladi. MS Wordda sahifa foniga sidirg'a rang tanlash yoki quyidagi kabi turli Bo'yash ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.14 MB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.14 MB
Ko'rishlar soni
239 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx