6-sinf Informatika Jadvallar ustida amallar

6-sinf Informatika Jadvallar ustida amallar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Informatika Jadvallar ustida amallar - rasmi

Material tavsifi

6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 13-mavzu Jadvallar ustida amallar Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish Jadvalga yangi satr yoki ustun qo'shish uchun avval yurgich qo'shilishi lozim bo'lgan satr yoki ustunga qo'shni satr yoki ustunga joylashtiriladi. Maket menyusi tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) guruhidan kerakli amal tanlanadi Jadvaldan satrlar yoki ustunlarni olib tashlash Lekin oddiy usulda ularni o'chirib bo'lmaydi. Ba'zan jadvaldagi ortiqcha satr yoki ustunni o'chirish kerak bo'ladi. Shuning uchun quyidagicha amallar bajariladi. Avval yurgich o'chirilishi kerak bo'lgan satr yoki ustunga joylashtiriladi. Agar bir necha satr yoki ustun o'chirilishi kerak bo'lsa, satrlar yoki ustunlar blokka olinadi. Maket tasmasining Satrlar va ustunlar (Строки и столбцы) guruhidagi O'chirilsin (Удалить) tugmasi ro'yxatidan kerakli amal tanlanadi, masalan, agar satr o'chirilishi kerak bo'lsa, u holda Satrlar o'chirilsin (Удалить строки) tugmasi tanlanadi. Jadval kataklarini birlashtirish Amaliy ish jarayonida jadvalning bir necha satr va ustunidagi to'g'ri to'rtburchak shaklda blokka olinishi mumkin bo'lgan kataklarni birlashtirish zarur bo'ladi. Jadval kataklarini bo'lish Jadval kataklarini kerakli sondagi katakchalarga bo'lish quyidagicha amalga oshiriladi. 1. Yurgich kerakli katakka joylashtiriladi yoki kerakli satrlar va ustunlar blokka olinadi. 2. Maket tasmasining Birlashtirish (Объединение) guruhidagi Kataklar bo'linsin (Разбиение ячеек) tugmasi tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasiga hosil qilinishi kerak bo'lgan ustun va satrlar soni kiritiladi. Bunda hosil qilinishi kerak bo'lgan satrlar soni qo'shni ustunlardagi satrlar sonidan ortiq bo'lmasligi va qo'shni ustunlardagi satrlar sonining bo'luvchisi bo'lishi lozim. Jadvalda matn gorizontal yo'nalishda chapdan o'ngga, vertikal yo'nalishda yuqoridan pastga yoki pastdan yuqoriga yozilishi mumkin. 1-usulda: 1. Yurgich matn yoziladigan katakchaga joylashtiriladi. 2. Maket tasmasining Tekislash (Выранивание) guruhidagi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.7 MB
Ko'rishlar soni 205 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga