Matn muharrirlari 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 1-mavzu Yozuv tarixidan Tarixdan ma'lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuv buning yaqqol isbotidir. Tosh devor Toshlar Terilar Papirus Yozuv san'ati asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Qog'oz va pat Qog'oz va pero Qog'oz va ruchka Qog'oz va mashinka Matn muharrirlari haqida ma'lumot Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san'atini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga yo'naltirilgan ko'plab dasturlar ishlab chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo'linadi: Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritilgan Блокнот, WordPad va hokazo. Bir rusumli kompyuter uchun o'nlab matn muharrirlari ishlab chiqilgan. Блокнот, Word- Pad matn muharrirlari siz 5-sinfda o'rgangan Paint yoki Калькулятор dasturlari kabi ishga tushiriladi. Nomi yoki interfeysi turlicha bo'lgani bilan matn muharrirlarida ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Matn muharrirlarining asosiy elementlari bo'lgan ish sohasi, yurgich va menyu quyidagi rasmda ko'rsatilgan. Ish sohasi. Matn muharriri «ish sohasi» deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ish sohasi matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ish sohasida aks etib boradi. Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ish sohasining qayerida aks etishini ko'rsatib turadi. Yurgich, odatda, gorizontal yoki vertical chiziqcha ko'rinishida bo'ladi. Menyu satri. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida matnlarni xotiradan o'qish, xotiraga yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi. Matn muharrirlari, asosan, menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Ular qancha ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha ...

Joylangan
03 Aug 2022 | 11:23:26
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
03 Aug 2022 [ 11:23 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
202 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:09 ]
Arxiv ichida: pptx