6-sinf Informatika Wordda formulalar yozish

6-sinf Informatika Wordda formulalar yozish

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
6-sinf Informatika Wordda formulalar yozish - rasmi

Material tavsifi

Wordda formulalar yozish Логотип 6-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani asosida 15-mavzu Matematikadan yoki fizikadan darsliklaringizni varaqlasangiz turli ko'rinishdagi ifoda va formulalarni ko'rasiz. Turli ifoda va formulalarni yozish uchun Word dasturining formulalar muharriri deb ataluvchi imkoniyatidan foydalaniladi. Formulalar muharririni ishga tushirish Hujjatga maxsus belgilarni joylashtirish va formatlashning ba'zi imkoniyatlari yordamida sodda formulalar yozish mumkin. Murakkabroq formulalar yozish uchun Joylashtirish (Вставка) tasmasining Simvollar (Символы) guruhidan Формула ( ) tugmasi beradigan imkoniyatlardan foydalaniladi. Biror formulani yozish uchun yurgich formula joylashtirilishi lozim bo'lgan satrga o'rnatiladi va Формула ( ) tugmasi tanlanadi. Menyular satrida esa Formula bilan ishlash- Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekst-menyusi va unga mos quyidagi tasma aks etadi: Formulalar muharriridan chiqish uchun sichqoncha ko'rsatkichini ish sohasining bo'sh joyiga olib kelib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi. Formulalar muharriri imkoniyatlari Formulalar muharririning imkoniyatlari juda keng. U bir necha guruhdan iborat bo'lib, har bir guruh yana ma'lum bir amallar belgilari majmuyidan iborat bo'limlarga bo'lingan. Agar yozilgan formulada xatolik bo'lsa, bu formulaga tuzatish kiritish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichini yozilgan formula ustiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada yurgich yozilgan formula lavhasi ichiga joylashadi, menyular satrida esa Formula bilan ishlash-Konstruktor (Работа с формулами-Конструктор) kontekstmenyusi va unga mos tasma aks etadi. Shundan keyin yurgichni kerakli joyga sichqoncha yoki yo'nalish klavishlari yordamida joylashtirish va xatoni tuzatish mumkin bo'ladi. Savol va topshiriqlar 1. Wordda formulalar qanday yoziladi? 2. Formulalar muharriri qanday ishga tushiriladi? Amalda ko'rsating. 3. Formulalar muharriridan qanday chiqiladi? 4. Formulalar muharririda qanday bo'limlar bor? 5. Formuladagi xatolikni tuzatish jarayonini amalda ko'rsating. 6. Formula lavhasida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.48 MB
Ko'rishlar soni 297 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga